Abdulmalik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdulmalik (646/647-705) - uma-viylarta mansub xalifa (685–705). Abdulmalik 685–692 yillarda Makkada Abdulloh ibn Zubayr va Irokda uning tarafdorlari-ni, 689–702 yillarda Damashqda Amr ibn Sayd al-Ashdaq va Eronda Abdurahmon ibn al-Ash’asni, shuningdek xorijiylarning Irokdagi chiqishlari (692–97)ni bostirgan; xalifalikdagi ichki tarqoqlikka barham berib, markaziy hokimiyatni mustahkamlagan; moliya va soliq islohotlari o‘tkazgan; devon va idoralarda yunon, o‘rta fors tillari o‘rniga arab tilida ish yuritishni joriy etgan; Vizantiya va sosoniylar tangalarini bekor qilib, arabcha yozuvli oltin va kumush tangalar zarb qildirgan, bariyd (pochta) ishini yo‘lga qo‘ygan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abdulmalik" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil