Abdulloh ibn Busr Moziniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulloh ibn Busr Moziniy (arabcha: عبد الله بن بسر المازني (615-yil ?—707-yil,) — sahoba. Abdulloh ibn Busr (r.a.), kunyalari Abu Savfon, Mozin qabilasidan. Sahobalarning oxirgilaridan bo‘lganlar. Hijratdan yetti yil oldin tug‘ilganlar.Abdulloh ibn Busrning otasi ham sahobiy bo’lgan. U Shomga borib Himsda yashagan. Abdulloh Rasulullohdan 50 ta hadis rivoyat qilgan. Undan Xolid ibn Ma’dan, Abdulloh ibn Abu Bilol, Amr ibn Qays as-Sakuniy, Yazid ibn Xumayr va boshqalar hadis rivoyat qilgan. Hijriy 88 (milodiy 707) yili to‘qson besh yoshda Shomda vafot etgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Imom Hofiz Ahmad ibn Aliy ibn Hajar Asqaloniy. Al-isoba fi tamyizi as-sahoba. -Bayrut: Darul kutubul ilmiyya, 1995.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]