Abdulloh ibn Abduya ibn an nazr ibn Hushtyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhaddis

Ism

Abdulloh ibn Abduya ibn an nazr ibn Hushtyor

Tavalludi

Vafoti

900-yil

Falsafa maktabi


Abdulloh ibn Abduya ibn an nazr ibn Hushtyor — (?—900) — buxorolik olim va muhaddis. Abdulloh ibn Abduya ibn an nazr ibn Hushtyor Buxoroning Kurjan qishlogʻida tavallud topgan. Abdulloh ibn Abduya (Abdavayh) ibn an Nazr ibn Hushtyor toʻgʻrisida N.Nasafiyning „Samarqandiya“ kitobida maʼlumotlar mavjud. U sahih hadislarni yigʻuvchi muhaddis, olim, tarbiyachi boʻlgan. „Samarqandiya“da yozilishicha, U Buxorodagi Kurjan qishlogʻida tugʻilgan. Hazrat Abdullohning katta bobosi Hushtyor boʻlib, Buxorodagi otashparastlarning katta olimi boʻlgan. Qutayba ibn Muslim Buxoroni fath etishga kelganlarida, Buxoro hukmdori: „Mening shahrimda bir olim bor, men uni sen birlan munozara qilmoqqa va soʻzlaringni tinglamoq uchun huzuringga joʻnayotirman, agar sen daʼvat qilayotgan narsa haqiqat boʻlsa, ul holda meni undan voqif aylagil, toki men shunga binoan senga itoat qilain. Basharti daʼvating botil boʻlsa, men senga itoat etmasman va senga qarshi jang qilurman“ degan maktub bilan Hushtyorni Qutayba huzuriga yuborgan. Qutayba ibn Muslim Hushtyorga islom dini xususida batafsil soʻzlab beradi va Rasululloh salallohu alayhi va sallam sifatlarini taʼrifladi. Shunda Hushtyor uning daʼvati haq ekanligini anglab, darhol musulmon boʻladi. Hushtyorning musulmon boʻlganligini eshitgan Buxoro hokimi gʻoyatda tushkun holga kelib, qoʻrquvdan dagʻdagʻ titragancha shaharni tashlab qochdi[1]. Abdulloh ibn Abduya ibn an Nazr quyidagi shayxlardan hadis rivoyat qilgan: Suvayd ibn Nasr, Ali ibn Hujr, Duhayn va boshqalar. Undan esa Abu Iso at-Termiziy, Sahl ibn Shozuya, Asad ibn Hamduya, Abu Yaʼlo Abdulmuʼmin ibn Xalaf, Muhammad ibn Mahmud ibn Anbar va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. Abdulloh ibn Abduya ibn an nazr ibn Hushtyor 900-yilda vafot etgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmuddin an Nasafiy. „Samarqandiya“. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2001 — 136 bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet.