Abdullo Noyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdullo noyi (15-a.) - sozanda, bastakor. Savtlari bilan mashhur. Hisor, Balx va Hirot sh.larida ijod qilgan. Movarounnahr va Xurosonda mashhur bo‘lgan. Balxda ukasi Hofiz Qonuniy bilan jo‘rnavoz bo‘lgan: A. N. nayda mashq qilganda ukasi qo‘shiq aytar va o‘ng qo‘li bilan qonun chertib, chap qo‘li bilan doira chalardi. Shina-vandalar bu aka-ukalar-ning mashqlaridan hayratda qolardilar. Balxdagi Hazrat Sulton Hizruya yaqinidagi maqbaraga dafn etilgan. Bu joy ziyoratgohga aylangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil