Nusrat Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdullayev Nusrat Hamidovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Nusrat Hamidovich Abdullayev (1933.14.7, Toshkent) – patofiziolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), tibbiyot fanlari doktori (1967). Professor (1970). 1972 yildan 1-Toshkent tibbiyot instituti patologik fiziologiya kafedrasi mudiri. Immunologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1984–87). Ilmiy ishlari ovqat hazm qilish a’zolari, me’da osti bezi, jigar va moddalar almashinuvi patologiyasiga ba-g‘ishlangan. Abullayev tibbiyot institutining talabalari uchun darslik hamda bir qancha metodik qo‘llanmalar va lug‘atlar muallifi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil