Abdulla ibn Burayda maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulla ibn Burayda maqbarasi — Oʻrta Osiyo meʼmoriy yodgorligi (11-a., meʼmori Abu Bakr). Turkmaniston hududida. Vakil Bozor qabristoni yaqinida joylashgan. Murabba tarhli (tashqi 3,8x3,8 m, ichki 2,6x2,6 m) maqbara, tomi — chortoq gumbaz. Peshtoq yuqorisiga naqsh ishlangan, gʻishtin belbogʻida kufiy yozuvi bor. Ichki qismi (devori va ravoqlari) oʻyma va islimiy naqshlar bilan bezatilgan, ular orasida nasx yozuvlari saqlangan.[1]

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.