Abdulla Zohidovich Zohidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdulla Zohidovich Zohidov (1910. 12. 7 — Toshkent — 1977.9.3) — gigiyenist, Oʻzbekistonda (1963) va Qoraqalpogʻis-tonda (1965) xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1958). Tibbiyot Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1971), tibbiyot fanlari doktori (1967), professor (1967). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1933). Harbiy vrach (1939— 47), Toshkent tibbiyot akademiyasi kommunal gigiyena kafedrasi mudiri (1949—59), ayni vaqtda Oʻzbekiston Sanitariya va gigiyena ilmiy tadqiqot instituti direktori (1950— 67), 1967 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi umumiy va radiatsion gigiyena kafedrasi mudiri. Kommunal va umumiy gigiyenaning turli sohalariga oid koʻpgina ilmiy asarlar muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil