Abdulla Ubaydullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdulla Muharramovich Ubaydullayev (1934.20.3, Toshkent) — pulmonolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi (1998), tibbiyot fanlari d-ri (1974), prof. (1979). ToshTIni tugatgach (1958), Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida klinik ordinator (1958 — 60), aspirant (1961 — 64), assistent (1964—65), dotsent (196670), terapiya fti dekani (1974 — 86), pulmonologiya va klinik allergologiya kafedrasi mudiri (1978 yildan), 1986 yildan Ftiziatriya va pulmonologiya i.t. instituti direktori. Oʻzbekistonda pulmonologlar maktabi asoschisi.

Ilmiy faoliyati Oʻzbekistonda nafas aʼzolari kasalliklarining epidemiologiyasi, bronxial astma va oʻpka surunkali obstruktiv kasalliklarining genetik omillarini oʻrganish, sil kasalligini erta aniqlash, yondosh kasalliklar bilan kechuvchi silning patogenezi, silga qarshi doridarmonlarning nojoʻya taʼsirini nazarda tutib, bezarar usullardan foydalangan holda kompleks davolashning yangi texnologiyasini ishlab chiqishga oid.

Oʻzbekiston ftiziatrlar va pulmonologlar ilmiy jamiyati raisi (1986 yildan), Yevropa respirator jamiyati hamda Xalqaro sil va oʻpka kasalliklariga qarshi kurash ittifoqi aʼzosi (Parij). "Interastma Rossiya — MDH jamiyati" boshkaruv aʼzosi (Moskva), Markaziy Osiyo pulmonologlar assotsiatsiyasi vitse-prezidenti. "Vestnik" — Markaziy Osiyo pulmonologlar assotsiatsiyasi jurnali bosh muharriri (1994).

Manbalar[tahrir]

  • Funksionalnie metodi diagnostiki v pulmonologii (v soavtorstve), T., 1997; Oʻpka sarkoidozi (hamkorlikda), T., 2000; Bronxialnaya astma (v soavtorstve), T., 2001; Nafas organlari kasalliklari, T., 2004.