Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat axborot-kutubxona markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat axborot-kutubxona markazi
Tip axborot-kutubxona markazi
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Manzil Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Turon MFY, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 12 A-uy[1].
Filiallar soni 252 ta (2004)
Tarixi
Asoschisi Navoiy viloyati hokimligi
Asos solingan sanasi 1992-yil 20-may
Avvalgi nomlari Viloyat birlashgan kutubxonasi (1992)
Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat universal kutubxonasi
Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat axborot-kutubxona markazi (2006)
Fond
Kitoblar soni 271 495 (1992)
203 289 (2004)
165 738 (2021)[2].
Xizmat koʻrsatishi
Obunachilar soni 14 ming (2021)
Boshqa maʼlumotlar
Direktor Ramazon Rajabov[3].
Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat axborot-kutubxona markazi Vikiomborda

Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat axborot-kutubxona markazi – Navoiy viloyati hokimligi tomonidan 1992-yil 20-may kuni chiqarilgan PX-05/70 sonli „Viloyat birlashgan kutubxonasini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori asosida 1992-yil iyun oyida ish boshlagan kutubxona. Kutubxona viloyat bolalar kutubxonasi bilan birlashtirilgan holda tashkil etilgan[4].

Kutubxona fondi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yil 27-may holatiga koʻra kutubxonaning dastlabki fondi 263 300 nusxa boʻlib, 32 nafar kutubxona xodimlari xizmat koʻrsatgan. Keyingi yillarda kutubxona fondi 271 495 nusxadan iborat bo‘lgan. O‘sha davrlarda kutubxonaga Galina Kovilina rahbarlik qilgan.

Kutubxonada 6 tarkibiy boʻlim mavjud boʻlib, bular: Kitob saqlash, To‘kislash va adabiyotlarga ishlov berish, Kutubxonlarga xizmat ko‘rsatish, Ilmiy metodik, Bibliografiya, Ma’muriy va xo‘jalik kabilardir.

2001-yilga kelib, birlashgan viloyat kutubxonasi tarkibidan viloyat bolalar kutubxonasi ajratilgan va bolalarga moʻljallangan alohida kutubxona tashkil etilgan. 2001-yil aprelida viloyat kutubxonasi qoshida Huquqiy axborot markazi faoliyat boshlagan.

2004-yilgi maʼlumotlarga koʻra kutubxonada 203 289 nusxadagi adabiyotlar saqlangan. Ayni paytda kutubxona viloyatda faoliyat yuritayotgan 253 ta kutubxonaga metodik rahbarlik qilib keladi. Bu kutubxonalarning 43 tasi shaharda, 210 tasi qishloqlarda joylashgan[5]. 2006-yilga kelib kutubxona Navoiy viloyat axborot-kutubxona markaziga aylantirilgan[6].

Suratlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI NAVOIY VILOYAT AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI, ИНН 206754832 - Реквизиты компании, Проверка контрагента“ (ru-RU). legat.by. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
  2. uza.uz „“Ахборот-кутубхона аълочиси” кўкрак нишони ўз эгаларига топширилди“ (uz). Uza.uz (2021-yil 25-may). Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
  3. „Navoiy shahar hokimligi“. Telegram. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
  4. „Kutubxonalar. Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat universal ilmiy kutubxonasi“ (uz-UZ). Shosh.uz | Nafaqat Toshkent haqida.... Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
  5. „Kutubxonashunoslik.“. 2023-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
  6. „Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat axborot-kutubxona markazi ⋆ WWW.MALUMOT.RU - Malumotlar bazasi“ (ru-RU). WWW.MALUMOT.RU - Malumotlar bazasi (2021-yil 21-fevral). Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.