Abdulla Hotifiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulla Hotifiy (? - 1521, dekabr) — tarixchi, shoir; Abdurahmon Jo-miyning jiyani (singlisining oʻgʻli). "Xusrav va Shirin", "Layli va Majnun", "Haft manzar", "Shoh Ismoil janobi oliylari Shohnomasi" kabi asarlar yoz-gan. Sulton Husayn Boyqarota bagʻishlab, Amir Temur zafarlarini madh etuvchi "Temurnoma" (yoki "Zafarnoma") tari-xiy dostonini yozgan. Qoʻlyozmasi koʻpgina kutubxonalarda saqlanib qolgan. 1869, 1896-yillarda Lakxnavda, 1957-yil Madras-da chop etilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil