Kontent qismiga oʻtish

Abdulkarim Nodirposho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulkarim Nodirposho (1807-1885.2, Meteliya) — turk harbiy arbobi. Rossiya-Turkiya urushi (1828-29) qatnashchisi. 1853-56 yillardagi Qrim urushi davrida Anadolu armiyasiga qoʻmondonlik qilgan. 1862-yilda Chernogoriya-Turkiya urushida qatnashgan. 1876-yilda Murod V hukumatida harbiy vazir. Serbiya-Turkiya urushi (1876)da Turkiya armiyasiga qoʻmondonlik kilib, serblarni tor-mor qilgan. 1877-1878 yillardagi Rossiya-Turkiya urushi boshlarida turklarning Bolqon yarim oroldagi armiyasiga qoʻmondon. Urushdagi magʻlubiyatlar sa-babli qoʻmondonlikdan chetlatilib avval Lemnos orolga, soʻngra Rodos orolga surgun qilingan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil