Abduljalil Margʻinoniy
Abduljalil Margʻinoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 580/1185 yili Margʻinon |
Vafoti | 631/1234 yili Samarqand. |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih |
Abduljalil Margʻinoniy (arabcha: عبد الجليل المرغيناني — Abduljalil ibn Abdulloh ibn Ali ibn Soin Margʻinoniy) — faqih.
Abduljalil Margʻinoniy 580/1185 yili Margʻinonda tavallud topgan. Boshlangʻich taʼlimni Margʻinonda otasi Abdulloh ibn Ali al-Marg‘inoniydan olgan. U faqih va adab ilmidan xabardor boʻlgan. Ibn Najjorning xabar berishicha, Abdulloh ibn Ali al-Margʻinoniy Bagʻdodga kelgan paytda oʻgʻli Abduljalil Margʻinoniy yosh bola boʻlgan. Ibn Najjorning xabar berishicha, Abduljalil Margʻinoniy umrining oxirgi yillarida Samarqandda fatvo chiqarish va dars berish bilan shugʻullangan.
Ustozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abduljalil Margʻinoniy keyinchalik Ibn Hasin va Abu Gʻolib Bannalardan hadis eshitgan. Oʻz navbatida Abduljalil Margʻinoniydan va otasidan birqancha ulamolar hadis rivoyat qilgan.
Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abduljalil Margʻinoniy 631/1234 yili Samarqandda vafot etgan[1].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Qoriev O. A. Fargʻona fiqh maktabi va Bur-honiddin al-Margʻinoniy. — B. 61.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
• Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti. 2016.