Abdulhay Umarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdulhay Rashidovich Umarov (1928.6.10 Toshkent 2002.31.5) - sanʼatshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1978). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1952). 1957 yildan Hamza nomidagi Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, 1961 yildan katta ilmiy xodim, 1963 yildan Oʻzbekistonning zamonaviy tasviriy sanʼati boʻlimi mudiri, 1959 yildan Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi boshqaruvi aʼzosi (rais muovini, 1968—73). U. Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼatining rivoji, zamonaviy mavqeiga oid ilmiy asarlar, oʻzbek rassomlari ijodini taxlil etuvchi makrlalar muallifi; Oʻzbekiston sanʼati tarixiga oid koʻplab kitob, albomlarda muallif sifatida qatnashgan.[1]

Adabiyot[tahrir]

  • Umarov Abdulxay Rashidovich [Katalog], T., 1989.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil