Abdukarimxoʻja sulolasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdukarimxoʻja sulolasi - gʻijduvonlik qoʻgʻirchoqbozlar avlodi.

Shajarasi[tahrir]

1) Abdukarimxoʻja (1800—1870) — surnaychi va qoʻgʻirchoqboz; 2) Siddiq kalon (1858—1940) — sozanda va maqomchi hofiz, qoʻgʻirchoqboz. Masharaboz, qoʻgʻirchoqboz va nayrangbozlar toʻdasiga rahbarlik qilgan. Toʻdada Fayzi mextar, Shodi puchuq, Toʻxta nogʻorachi, Aziz muallaq, Hamro masharaboz, Sayfiddin sherboz kabi sanʼatchilar ishlagan; 3) Xolmurod bobo Siddiqov (1891—1967) — qoʻgʻirchoqboz. U "Polvon Kachal", "Bichaxon", "Usmaxon" kabi qoʻgʻirchoklarini oʻinatib kelgan.

Anʼanaviy qoʻgʻirchoq teatrini hayotga yaqinlashtirishga, qoʻgʻirchoqlarning soʻzlari bilan harakatlarini uygʻunlashtirishga, tomoshalarning maroqli va taʼsirchan chiqishiga intilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil