Abdujabbor Abdurazzoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdurazzoqov Abdujabbor (1932, Bekobod sh.– 1995, Toshkent) – fizik olim, O‘zbekiston fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (1984), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990). Fizika-mat, fanlari doktori (1972), professor (1973). O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1956). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida, Toshkent politexnika institutida, Moskva yaqinidagi Dubnada joylashgan Yadro tadqiqotlari Birlashgan instituti (YATBI)da ishlagan (1958–72). Toshkent Davlat Universiteti fizika fakulteti dekani (1972–80), kafedra mudiri (1968–95), Toshkent Davlat Universiteti o‘qituvchilar malakasini oshi-rish fakulteti dekani (1980–88). Ilmiy ishlari yadro spektroskopiyasiga oid. YATBIda – o‘zi yaratgan beta-spektrograflar majmui asosida muhim natijalar olgan. Qisqa yashovchi 100 dan ortiq neytroni yetishmaydigan yadrolarni o‘rgangan, 25 dan ortiq yadroning parchalanish tuzil-masini taklif qilgan, 8 ta yangi izo-topni kashf etgan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti laureati (1978).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil