Abdugʻani Abdurazzoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdurazzoqov Abdugʻani (1930.8.1, Toshkent viloyati Qibray shaharchasi) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (2001), tarix fanlari d-ri (1993), prof. (2003). Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1956). Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya institutida lab. mudiri (1966— 71), direktor oʻrinbosari (1972—79), ayni vaqtda boʻlim mudiri (1971— 98), bosh mutaxassis (1998 yildan). Beh-zod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn intida prof. (1997—98), kafedra mudiri (1998 yildan). Ilmiy ishlari tarixiy yodgorliklarni (ar-xeologik, meʼmoriy, sanʼat asarlari) kimyoviy-texnologik usullar yordamida tadqiq qilish orqali qad. davr hunarmandchiligining bosqichlari, yoʻllari va sir-asrorlarini oʻrganishga oid. A. rahbarligida Oʻrta Osiyoning shishasozligi, metallurgiya, keramika, qurilish materiallari, mineral boʻyoqlar tarixi oʻrganildi. loytuproqdan yasalgan qad. yer osti inshootlarini qotirish va saqlashning yangi kimyoviy usullari topildi.

Manbalar[tahrir]

  • Steklodeliye Sredney Azii v drevnosti i srednevekovye, T., 1963 (v soavtorstve); Srednevekoviye stekla Serdney Azii. T., 1966 (v soavtorstve); Restavraiiya nastenngx ros-pisey Afrasiaba, T., 1975 (v soavtorstve).