Abdoulkader Kamil Mohamed

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdoulkader Kamil Mohamed
عبد القادر كميل محمد

Mohamed, 2019-yil
Jibouti bosh vaziri
Mansab davri
1-aprel 2013-yil
Prezident Ismaïl Omar Guelleh
Oʻtmishdoshi Dileita Mohamed Dileita
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-iyul 1952-yil (1952-07-01) (71 yosh)
Souali, Fransiya Somalilandi (hozirgi Jibuti)
Siyosiy partiyasi Taraqqiyot uchun xalq harakati (Peopleʼs Rally for Progress)
Alma mater Limoges universiteti

Abdoulkader Kamil Mohamed (arabcha: عبد القادر كامل محمد) 2013-yildan beri Jibuti davlati bosh vaziri sifatida ishlab kelayotgan jibutilik siyosatchi[1]. U hukmron partiya Taraqqiyot uchun xalq harakatining (Peopleʼs Rally for Progress) uzoq yillik aʼzosi boʻlib, bundan oldin Qishloq xoʻjaligi vaziri hamda Mudofaa vaziri sifatida faoliyat yuritgan[1][2].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mohamed 1952-yil 1-iyulda hozirgi Jibuti davlati Obock viloyati shimolida joylashgan hudud Soualida tugʻilgan[2].

U Fransiyadagi Limoges universitetida oʻqigan hamda u yerda suv xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilishga ixtisoslashgan texnik fanlar boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan[3][4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

General[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mohamed oʻz professional faoliyatini Jibuti suv boshqarmasida boshlagan. U yerda dastlab 1978-yildan 1979-yilgacha vaqtinchalik bosh direktor, keyin esa 1983-yildan 2005-yilgacha bosh direktor lavozimida ishlagan[2].

1981-yilda Mohamed Taraqqiyot uchun xalq harakati partiyasiga aʼzo boʻladi. U borgan sari bu uyushmadagi siyosiy mavqeyini oshirib boradi va 2012-yil sentyabrda shu partiya vitse-prezident etib saylanadi. U keyinchalik 2012-yil noyabrda Presidential Majority ittifoqi prezidenti etib tayinlanadi[2].

2005-yil maydan 2011-yil maygacha Mohamed Jibuti hukumatida Qishloq xoʻjaligi vaziri sifatida ishlaydi. Keyinchalik u 2011-yil mayda Mudofaa vaziri etib tayinlanadi[2][4].

Mohamed shuningdek Milliy majlis deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2013-yilning 22-fevralida boʻlib oʻtgan Presidential Majority ittifoqi parlamentidagi gʻalabasidan keyin u bu lavozimga qayta saylangan[3].

Bosh vazirlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 1-martda Jibuti bosh vaziri etib tayinlandi. U bu lavozimda uzoq vaqt davomida xizmat qilgan Dileita Mohamed Dileita oʻrniga oʻtirdi va 1-aprelda faoliyatini boshladi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Abdoulkader Kamil Mohamed facts for kids“ (inglizcha). Kiddle. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Abdoulkader Kamil Mohamed“ (inglizcha). Famous Birthdays. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Abdoulkader Kamil Mohamed“ (inglizcha). Alchetron (2-iyun 2022-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  4. 4,0 4,1 Dilworth, Jennifer „Kamil Mohamed, Abdoulkader“ (inglizcha). Brill Online Reference Works (23-sentyabr, 2023-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
Siyosiy idoralar
Oldingisi Jibuti bosh vaziri
2013 — hozirgi kun
Amaldagi