Abdoulaye Wade
VAD (Uade) Abdullay (1926-yil 29-may, senegaliipg Sen-Lui shahri) – Senegal davlat arbobi. Senegaldagi Sebikotan shaharchasida federal maktabini tugatgan (1947-yilda). Fransiyadagi Bechapson, Dijon, Grenobl universitetlarida oliy taʼlim olgan. Iqtisodiyot va davlag huquqi, 1955–1957–yillar Bechanzon advokatlar kollegiyasida boʻlgan. 1960-yildan Dakar universitetida dotsent. 1967-yildan Bostop (AQSH) universitetida tajriba orttirgan, soʻng, Fransiya oʻquv yurtlarida, jumladan Sorbonne Universiteti oʻqituvchisi, 1970-yildan boshlab Dakar universitetida fakultet dekani, 1974-yildan Senegal parlamenti deputati, Senegal demokratik partiyasi taʼsischisi, bosh kotibi, Xalqaro Liberal partiya (Buyuk Britaniya, Lopdop) vitse-prezidenti. 1991-yildan boshlab Senegal Respublikasi davlat vaziri, 1995-yildan Senegal Respublikasi vaziri, 2000-yilda Senegal prezidenti. Iqtisodiyot va huquq boʻyicha bir qancha ilmiy asarlar muallifi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]