Abdirahman Ahmad Ali Tuur
Abdirahman Ahmad Ali | |
---|---|
Asl ismi |
arabcha: عبد الرحمن أحمد علي الطور somalicha: Cabdiraxmaan Axmed Cali Tuur |
Tavalludi |
1931-yili 6-noyabr Burao shahri, Somaliland (Britaniya) |
Vafoti |
2003-yil 8-noyabr (72 yosh) Somalilandning Burao shahri |
Fuqaroligi | Somalilik |
Abdirahman Ahmad Ali Tuur (arabcha: عبد الرحمن أحمد علي الطور, somalicha: Cabdiraxmaan Axmed Cali Tuur) – 1991—1993–yillar davomida Somalilandning birinchi prezidenti boʻlgan somalilik siyosatchi hisoblanadi. Tuur 1990—1991–yillar oraligʻida Somali Milliy Harakati raisi sifatida tanilgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuur 1931-yili 6-noyabrda Britaniyadagi Somaliland protektoratining bir qismi hisoblangan Burao shahrida tavallud topgan. U Garhajilarning Muse Arreh kichik urugʻidan boʻlgan.
U Britaniyadagi Somaliland protektoratining birinchi oraliq maktabini tamomlagan eng yaxshi talabalardan biri hisoblanadi. 1948-yili Sudanga mashhur Xantob nomli oʻrta maktabida taʼlim olish uchun stipendiya olgan. Keyin u Xantobda Jaafar Nimeiry, Sadiq Al-Mahdi va Hasan Al-Turabi kabi Sudanning boʻlajak rahbarlari bilan uchrashib, ular bilan doʻstlashadi. Abdirahman sportda ham (ayniqsa, futbol va yengil atletikada), oʻqishda ham oʻzini koʻrsata olgan. Biroz vaqt oʻtib, Exeter universitetida taʼlim olish uchun qoʻshimcha stipendiya oladi.
Abdirahman Buyuk Britaniyadagi universitetni muvaffaqiyatli tamomlagandan soʻng, oʻz yurtiga qaytib keladi. U oʻz faoliyatini 1956-yili Boramada maʼmuriy xodim sifatida ishlashdan boshlaydi. 3 yildan soʻng (1959) tuman komissari (DC) lavozimiga tayinlanadi. 1961-yili Sharqiy mintaqa (Burao) gubernatori, 1964-yili esa Gʻarbiy mintaqa (Xargeysa) gubernatori etib saylanadi. Oʻsha yilning oʻzida Tashqi ishlar vazirligiga ishga joylashib, u yerda quyidagi diplomatik lavozimlarga tayinlanadi:
- Sudanda 1964—1968–yillari va 1970—1971–yillar davomida elchi
- Efiopiyada 1972—1977–yillar davomida elchi
- Sharqiy Germaniya 1978—1981–yillar davomida elchi
- BAA 1981—1983–yillar davomida elchi
Abdirahman Somalining sobiq prezidenti Siad Barre tomonidan oʻrnatilgan harbiy rejimni agʻdarishga harakat qilgan. Bunda, asosan, Isaaq urugʻidan boʻlgan partizan kuchlaridan iborat Somali Milliy Harakatining (SNM) raisi etib tayinlanadi. Somali Milliy Harakatining tashkil etilish jarayonida ittifoqchi konstitutsiyaga ega boʻlsa da, Somalining qolgan qismidan ajralib chiqishga urinadi. Keyin separatistik kun tartibi rejimini amalga oshira boshlaydi. Mahalliy maʼmuriyat Tuur boshchiligi bilan 1991-yili 18-mayda Somali shimoli-gʻarbiy hududlarini mustaqil deb eʼlon qiladi. Soʻng, u yangi tashkil etilgan Somalilandning birinchi prezidenti boʻlib, 1994-yili separatistik platformadan voz kechadi. Tuur bir vaqtning oʻzida hokimiyatning federal boshqaruv tizimi orqali Somalining qolgan qismi bilan kelishuvga erishishda ularni ommaviy izlash va himoya qilishni boshlaydi[1]. Bu bilan u boʻlinib chiqishga qarshi boʻlgan Isaaq aʼzolarining manfaatlarini himoya qilgan[2]. Shuningdek, u qoʻshimcha tarzda janubiy hududlarda UNOSOM tinchlik oʻrnatish boʻyicha missiyaga maʼlum darajada yordam beradi.
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuur 2003-yil 8-noyabrda 72 yoshida vafot etib, Somalilandning Burao shahriga dafn qilinadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Somaliland's Quest for International Recognition and the HBM-SSC Factor“. 2012-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Diedrich Westermann, Edwin William Smith, Cyril Daryll Forde. Africa, Volume 79, Issues 1-4. Oxford University Press, 2009 — 259-bet.
- ↑ „Archived copy“. 2018-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Somali – Worldstatesmen.com
- „Somaliland: urushsiz boshqa Somali“, Suliman Baldo „The Nation“ (Nayrobi), 2006 yil 30 iyun, The Nation (Nayrobi)
- News. Update/Volume.3/snu-03.016 BAŞ KOTIB HISOBOTI, ABDIRAHMAN „TUUR“, VA SOMALILAND, SOMALIYA News Update, 3-jild, № 16, 28-may, 1994-yil. ISSN 1103-1999