Abdel-Bari Xayrullin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Абдель-Барый Хабиевич Хайруллин
Orenburg viloyati musulmonlari diniy boshqarmasi muftiysi
Mansab davri
1994 – 2015
Oʻtmishdoshi lavozim joriy etilgan
Vorisi Alfit Sharipov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1955-yil 1-fevral
Boshqird ASSR Burayevskiy tumani Kuzbayevo qishlogʻi

Abdel-Bari Xabiyevich Xayrullin (1955-yil 1-fevralda tugʻilgan) – rus islom yetakchisi. Orenburg markaziy sobori masjidi imom-xatibi, Orenburg viloyati musulmonlari diniy boshqarmasi muftiysi (1994–2015).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1955-yil 1-fevralda Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Burayevskiy tumani tarkibiga kiruvchi Kuzbayevo qishlogʻida tugʻilgan. Tatar-rus oʻrta maktabini tamomlagan, soʻngra Ufa aviatsiya institutining texnologiya fakultetiga oʻqishga kirgan. Oradan bir yil oʻtib, diniy taʼlim oʻqiy boshladi.

1977-yilda Buxoro Miri Arab madrasasiga oʻqishga kirgan. 1982-yilda madrasani tamomlab, Ufa sobori masjidi imom-xatibi boʻlgan. 1986-yilda Toshkent universitetiga oʻqishga kirib, 1990-yilda universitetni tamomlagan.

1999-yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Davlat boshqaruvi akademiyasini va Orenburg davlat universitetini sirtdan tamomlagan.

2005-yildan Orenburg viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoatchilik kengashi aʼzosi. 2006-yilda Orenburg viloyati Jamoatchilik palatasi aʼzosi boʻlib, Milliy va etno-konfessiyaviy munosabatlar qoʻmitasining aʼzosi boʻlgan.

2015-yil mart oyida Orenburg viloyati imomlar majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda Orenburg VMDB (Viloyat musulmonlar diniy boshqarmasi) ni tashkil topganidan beri boshqarib kelgan muftiy Abdel-Bari Xabiyevich Xayrullinning oilaviy sabablarga koʻra isteʼfoga chiqishi maʼlum boʻldi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Биография на сайте ЦДУМ“. 2019-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]