Abbosxoʻja Boboxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abbosxoʻja Boboxoʻjayev
Tavalludi 1904-yil
Vafoti 8-oktyabr 1938-yil
Fargʻona viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi etikdoʻz
Faoliyat yillari 1924—1937-yillar

Abbosxoʻja Boboxoʻjayev (1904-yilda tugʻilgan — 1938-yil 8-oktyabrda vafot etgan) — Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi ishchilari okrugi uyushmasi raisining o‘rinbosari. O‘rta Chirchiq tumani ijroiya komiteti raisi o‘rinbosari. Piskent tumani partiyasi komitetining 1-mas’ul kotibi. Oʻzbekiston SSRdagi siyosiy faol shaxslardan biri. Bir qancha hukumat lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Hayoti va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abbosxoʻja Boboxoʻjayev 1904-yil Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida ishchi oilasida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. Maʼlumoti — quyi. 1925-yildan 1929-yilgacha Toshkent shahrida joylashgan V. Lenin nomidagi O‘rta Osiyo harbiy maktabining artilleriya bo‘limida tahsil olgan. Manbalarda rafiqasi, ikki yarim yashar o‘g‘li, shuningdek, 72 yoshdagi otasi va 54 yoshdagi onasi borligi, yashash manzili — Piskent tumani, Lenin ko‘chasi, deb qayd qilingan[1]. Abbosxo‘ja Boboxo‘jayev 1938-yil 8-oktyabrdagi SSSR Oliy harbiy sudi hamjamiyati sayyor sessiyasining yig‘ilishida otishga hukm etilgan va hukm o‘sha kuning oʻzidayoq ijro etilgan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

19211922-yillari Qo‘qon shahrida harbiy etikdo‘z. 1922—1923-yillarda esa Qo‘qondagi Markaz uyushmasida huddi shu kasb egasi sifatida xizmat qilgan. Abbosxoʻja Boboxoʻjayev 1924—1925-yillar oraligʻida mehnatni muhofaza qilish ustaxonasida poyabzal taʼmirlovchi bo‘lib ishlagan. 1929-yil avgust oyidan 1930-yil fevral oyigacha Toshkent shahri qishloq xo‘jalik ishchilari okrug uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida, 1930-yilning fevralidan 1930-yilning dekabr oyigacha O‘rta Chirchiq tumani ijroiya komiteti raisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 1931-yil yanvar oyidan boshlab, 1932-yil oktyabrgacha Xatirchi tumani (Navoiy viloyati) partiya komitetining mas’ul kotibi, shu yilining oktyabrdan Piskent tumani partiya komitetining 1-mas’ul kotibi bo‘lib xizmat qilgan. 1937-yil 13-sentyabr sanasida oʻz vazifasidan ozod etilgan. 1932-yilda O‘zKompartiya Markaziy Komiteti mablag‘larni safarbar qilish rejasini bajarmaganligi sababli unga xayfsan eʼlon qilingan[3].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘zR PDA. 58-fond, 65-ro‘yxat, 104-ish — 119–120- bet. 
  2. RF RFXXMA. 7-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish — 543 bet. 
  3. Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8.