Abbadi qasri
Abbadi qasri (fransuzcha: Château d'Abbadie) — Pyrénées-Atlantiques fransuz departamentidagi Hendaye shahri yaqinidagi neogotik qoʻrgʻon (château).
1864-1879-yillarda qurilgan dvoryanlar uyi („qasr“) Evgen Viollet-le-Duc va Edmond Duthoit tomonidan neogotik uslubda yaratilgan va oʻz egasi, tadqiqotchisi va tasavvufchisi Antuan Tomson d’Abbadiga xos boʻlgan koʻplab sirli xususiyatlarni oʻzida mujassam etgan hamda uning ismi sharafiga nomlangan. Qasrning boy ilmiy va arxiv kolleksiyalari XIX-asrning muhim madaniy merosini ifodalaydi[1].
Qasr kulrang tosh bilan qoplangan va koʻrfaz ustidagi qoyada joylashgan. Koʻplab minoralar va oʻrta asr bezaklarining koʻpligi romantik tasvirni yaratadi. Qasrning binolari juda gʻayrioddiy koʻrinishdagi ibodatxonani oʻz ichiga oladi. Uyning oʻz rasadxonasi, shuningdek, ikki qavatli ulkan kutubxonasi ham bor. Qasrning devorlari koʻplab haykallar bilan bezatilgan va devor rasmlarida Afrika bezaklari va sirli shifrlangan yozuvlar mavjud boʻlib, ular hozirda oʻrganilmoqda.
Olim vafotidan keyin qasr Fransiya Fanlar akademiyasi tasarrufiga oʻtdi. Qasr 1984-yilda Fransiya tarixiy yodgorligi sifatida tasniflangan[2]. 1857-yilda Antuan d’Abbadi meʼmor Klement Parentdan yangi qasr rejasini tuzishni buyurgan. K. Parentning loyihasi (1859-yil) Fransiya Uygʻonish davri qal’alarini eslatgan. 1864-yil 13-mayda Antuan d’Abbadi Viollet-le-Dukga neogotik dizaynlarni qayta ishlash iltimosi bilan murojaat qildi. U oʻz shogirdi Edmond Duthoitga loyihani boshlashni buyurdi va keyinchalik ustaning oʻzi ham qoʻshildi. K. Parentning arxitektura rejalari saqlanib qolgan, ammo jabhalar oʻzgartirilgan. Natijada, neogotik Modern uslubiga mos original bino yaratildi.
Charlz-Loran Maréchal (vitraj), Adrian Jinyo (rasm), Dantan Jun (haykaltaroshlik), Leon Parvillet (kulolchilik), Filipp-Jozef Brokar (shisha emal), Raulin (jihoz ishlab chiqaruvchi) va Berlinning Renaissance firmasi (mebel) ichki dizaynda ishtirok etishgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Serge Lonca — Château d’Abbadie“. 2019-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
- ↑ „Перечень исторических монументов Франции. Лист: Замок Аббади“. 2019-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- М. Харит. «Знаменитые дома, замки, усадьбы».(Глава «Замок Аббади»), 2008 г. — 524с.: ил.,порт.,табл. UAB «Spaudos Konturai», Вильнюс, Литва (ISBN 978-5-9900539-39)