Abatayxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abatayxon (1534-86) - moʻgʻul xoni; Tushetuxonlar sulolasi asoschisi. Oyrotlar bilan kurash olib borib, 1577 y. ularni boʻysundirgan. Shu yili A. oʻgʻlini oyrot xoni deb eʼlon qilgan. A. vafotidan soʻng oyrotlar qoʻzgʻolon koʻtarib, xonni oʻldirib qaramlikdan xalos boʻlishgan. A. lamaizm dinining ashaddiy ixlosmandlaridan va targʻibotchilaridan boʻlib, bu dinni qabul qilish uchun 1577 y. Xux-Xotoga borib dalay lama bilan uchrashgan. 1585 y. lamaistlarning Xalxadagi birinchi monastiri Erdeni-dzuni qurishni boshlagan. 20-a. boshlariga qadar Moʻgʻulistonda A. shaxsi muqaddas sanalib sajda qilingan.