Aaron Lennox

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aaron Lennox
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aaron Keith Lennox
Tavallud sanasi 19-fevral 1993-yil (1993-02-19) (31 yosh)
Tavallud joyi Hurstville, Avstraliya
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Montrose
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2011 AIS
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2015 Queens Park Rangers 0 (0)
2012Maidenhead United (ijara) 3 (0)
2014Concord Rangers (ijara) 3 (0)
2015 Hayes & Yeading United 0 (0)
2016—2017 Aberdeen 1 (0)
2016—2017Raith Rovers (ijara) 2 (0)
2017—2018 Raith Rovers 16 (0)
2018—2019 Partick Thistle 0 (0)
2019Cowdenbeath (ijara) 8 (0)
2019 Montrose 47 (0)
Milliy terma jamoa
2009

Avstraliyaning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
1 (0)
2012

Avstraliyaning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
3 (0)
2014—2016

Avstraliyaning 23 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 2-may uchun)

Aaron Keith Lennox (talaffuzi: Aaron Keyt Lennoks) (1993-yil 19-fevralda tugʻilgan) — avstraliyalik professional futbolchi. Aaron Lennox Shotlandiyaning „Montrose“ futbol klubi darvozabonidir. Lennox faoliyati davomida „Queens Park Rangers“, „Maidenhead United“, „Concord Rangers“, „Hayes & Yeading United“, „Aberdeen“, „Raith Rovers“, „Cowdenbeath“ va „Partick Thistle“ futbol klublarida oʻynagan edi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Queens Park Rangers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Lennox „Queens Park Rangers“ futbol klubi safiga qoʻshildi.

2013-yilning 30-yanvarida Aaron Lennox „Queens Park Rangers“ futbol klubi bilan shartnomani ikki yilga uzaytirdi[1].

2015-yilning may oyida, Lennoxga shartnomasini uzaytirish taklif qilinmadi va u „Queens Park Rangers“ klubini tark etdi[2][3].

Hayes & Yeading United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil 19-sentyabrda Aaron Lennox „Hayes & Yeading United“ klubi jamoasiga qoʻshildi[4], biroq bir hafta oʻtib, maydonga biron marta tushmaganidan keyin shartnomasini bekor qildi[5].

Aberdeen[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 25-yanvarida Lennox Shotlandiyaning „Aberdeen“ klubi jamoasi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi[6]. Aaron Lennox 2015—2016-yilgi Shotlandiya Premer-ligasining soʻnggi oʻyinida „Ross County“ futbol klubiga qarshi ilk professional oʻyinini oʻtkazdi[7][8]. 2016-yilning may oyida u „Aberdeen“ klubi bilan yangi bir yillik shartnoma imzoladi[9]. „Raith Rovers“ klubiga ijaraga berilganidan soʻng, Lennox 2017-yil 31-mayda „Aberdeen“ klubini tark etdi[10].

Raith Rovers[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Aberdeen" klubi bilan shartnomasini uzaytirgandan soʻng, Lennox 2016-yil iyun oyida Shotlandiya chempionatining „Raith Rovers“ klubi jamoasiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi[11]. Aaron Lennox mavsumning Ikkinchi liga oʻyinida „Raith Rovers“ klubida „St Mirren“ futbol klubiga qarshi ilk oʻyinini oʻtkazdi[12][13]. Keyin u „Raith Rovers“ klubi bilan ikkinchi oʻyinida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi[14][15]. Besh oy oʻtgach, Lennox „Dundee United“ klubiga qarshi mashgʻulot oʻyinida yuzi va qoʻlidan jiddiy jarohat oldi[16][17]. Natijada Lennox 2017-yil mart oyida „Aberdeen“ klubiga qaytdi[18].

Partick Thistle[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lennox 2018-yil iyun oyida Shotlandiya chempionati vakili „Partick Thistle“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[19].

Cowdenbeath (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lennox 2019-yilning yanvar oyida mavsum oxirigacha „Cowdenbeath“ futbol klubiga ijaraga berilgandi[20].

„Cowdenbeath“ klubi uchun oʻzining birinchi oʻyinida Lennox SPFL hafta jamoasiga kiritilgan boʻlib, muhim oʻyinlarda koʻplab seyvlarni amalga oshirgan edi[21].

Montrose[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil iyul oyida Lennox bir yillik shartnoma asosida Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Montrose“ futbol jamoasiga qoʻshildi[22][23].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Maidenhead United (ijara) 2011—2012 Janubiy konferensiya 3 0 0 0 0 0 3 0
Concord Rangers (ijara) 2014—2015 Janubiy konferensiya 3 0 0 0 0 0 3 0
Hayes & Yeading United 2015—2016 Janubiy konferensiya 0 0 0 0 0 0 0 0
Aberdeen 2015—2016 Shotlandiya Premer-ligasi 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
Raith Rovers (ijara) 2016—2017 Shotlandiya chempionati 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Raith Rovers 2017—2018 Shotlandiya birinchi ligasi 14 0 0 0 4 0 1 0 19 0
Jami 16 0 0 0 4 0 1 0 21 0
Partick Thistle 2018—2019 Shotlandiya chempionati 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
Jami 23 0 0 0 5 0 1 0 29 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Teenage keeper signs extension“. Queens Park Rangers (30-yanvar 2013-yil).
  2. „Andrade Heads Release List“. Vital Football (15-may 2015-yil). 2016-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  3. „Furlong rewarded with new R's deal“. Club Call (15-may 2015-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-may 2016-yil.
  4. Raeburn. „Hayes & Yeading sign ex-QPR keeper after Fulham recall Norman“. West London Sport (19-sentabr 2015-yil).
  5. „Former QPR keeper Lennox leaves United“. West London Sport (28-sentabr 2015-yil).
  6. „Aberdeen sign Australia U23 goalkeeper Aaron Lennox“. BBC Sport (25-yanvar 2016-yil).
  7. Allan, Charlie. „Rising Aberdeen FC talents to be given run-outs“. Evening Express (14-may 2016-yil).
  8. Davie. „Aberdeen 0–4 Ross County“. BBC Sport (15-may 2016-yil).
  9. „Statement: players departing Pittodrie“. Aberdeen (16-may 2016-yil). 2017-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  10. „Club Statement: Player Departures“. Aberdeen (31-may 2017-yil). 2021-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  11. „G'day to Aaron Lennox“. Raith Rovers (20-iyun 2016-yil). Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
  12. „Raith Rovers 3 – 1 St Mirren“. Raith Rovers (13-avgust 2016-yil).
  13. „Aaron Lennox Post match interview“. Raith Rovers (13-avgust 2016-yil).
  14. „Dunfermline Athletic Football Club - Raith Rovers 2 Dunfermline 0“. Dunfermline Athletic (20-avgust 2016-yil).
  15. Collin, Iain. „Selection crisis for Raith Rovers after injury to on-loan Aberdeen goalkeeper Aaron Lennox“. Deadline News (22-avgust 2016-yil).
  16. „Aussie keeper recovers from gruesome injury“. The World Game. SBS (17-aprel 2017-yil). Qaraldi: 7-avgust 2017-yil.
  17. „Keeper badly injured in 'bounce' game“. Raith Rovers (9-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 7-avgust 2017-yil.
  18. „Loan Update: Joe Nuttall and Aaron Lennox“. Aberdeen (31-mart 2017-yil). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2017-yil.
  19. „SIGNING NEWS: Aaron Lennox is a Jag“. Partick Thistle (23-iyun 2018-yil). Qaraldi: 23-iyun 2018-yil.
  20. „Cammy Bell and Aaron Lennox depart on loan“. Partick Thistle (31-yanvar 2019-yil).
  21. „Team of the Week“. Scottish Professional Football League (12-fevral 2019-yil).
  22. „GABLE ENDIES SIGN STOPPER LENNOX“. Montrose (5-iyul 2019-yil). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  23. Young, Graeme. „Transfer news RECAP: Look back over all of Friday's transfer action“. Daily Record (5-iyul 2019-yil). Qaraldi: 7-iyul 2019-yil. „Montrose have announced the signing of goalkeeper Aaron Lennox from Partick Thistle. The stopper joins on a one-year deal after leaving Firhill.“.