AITO M9

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
AITO M9

AITO M9 taqdimot marosimida
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Huawei
Model yili 2023
Zavod(lar) Chunsin Xitoy
Tasnifi
Sinfi Yoʻltanlamas
Segment J-segment
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 3110
Uzunligi 5230
Kengligi 1800
Balandligi 1999
Eksteryer
Kuzov turi Yoʻltanlamas
Eshiklar soni 5
Boshqa maʼlumotlar
Aloqador avtomobillar Maybach GLS

AITO M9 — Xitoyning yirik kompaniyasi bo'lmish Huaweiga qarashli AITO brendi tomonidan ishlab chiqariluvchi avtomobil[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Huawei tomonidan ishlab chiqariluvchi ushbu avtomobilning rasmiy taqdimoti 2023-yil 26-dekabrda boʻlib oʻtdi[3].

Texnik koʻrsatkichlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

AITO M9 ninv interyeri

Aito M9 ning oʻlchamlari uzunligi 5230 mm, boʻyi 1999 mm, kengligi esa 1800 mm, gʻildirak bazasi 3110 mm ni tashkil qiladi. Mashinaninv toʻliq elektrlashgan versiyasida umumiy quvvati 530 ot kuchiga ega ikkita elektrodvigatel oʻrnatilgan boʻlib, akkumulyator sigʻimi 97 kVt•soat, yurish masofasi esa 630 kmga teng. Gibrid versiyasi ham mavjud boʻlib, u 1,5-litrli benzin dvigatel bilan jihozlangan. Akkumlyator sigʻimi 42 va 52 kVt•soat boʻlib, umumiy quvvati 496 ot kuchiga teng ikkita elektr motor oʻrnatilgan. Gibrid versiyaning maksimal bosib oʻtish masofasi 1362 yoki 1402 kmga teng[3]. Avtomobil uchun batareyalar CATL kompaniaysi tomonidan taʼminlanadi.

Avtomobil 100 km/soat tezlikka 4,9 soniyada erishadi[4].

Aito M9 ning sof elektr versiyasida aerodinamik qarshilik koeffitsienti 0,264 ni, gibrid versiyasida esa - 0,279 ni tashkil qiladi[4].

Kuzov[tahrir | manbasini tahrirlash]

AITO M9. Xitoydagi savdo doʻkoni

Huawei Aito M9 njng kuzovi uzoq vaqt chirimasligi uchun unkng korpusining 80% alyuminiydan ishlangan[4].

Narxi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aito M9 ning oddiy versiyasining narxi 65 900 dollar, top versiyasi boʻlmish EV Ultra esa 79 750 dollarni tashkil qiladi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]