Asqad Muxtor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(A. Muxtordan yoʻnaltirildi)
Asqad Muxtor
Tavalludi 23-dekabr 1920-yil
Farg'ona, Oʻzbekiston
Vafoti 17-aprel 1997-yil(1997-04-17)
(76 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Kasbi Yozuvchi, publistis va tarjimon
Ijod qilgan tillari Oʻzbek tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi O'rta Osiyo Davlat Universiteti (Hozirgi O'zbekiston Milliy Universiteti)
Yoʻnalish Realizm
Modernizm
Faoliyat yillari 1939-1997
Janr Nasr, nazm va dramaturgiya
Mukofotlari

Asqad Muxtor (taxallusi; familiyasi Muxtorov, 1920-yil 23-dekabr, Fargʻona — 1997-yil 17-aprel, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor „Opa-singillar (roman)“, „Tugʻilish“, „Davr mening taqdirimda“, „Chinor“ va „Amu“ romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir.

Dastlabki dostoni — „Bizning avlodlar“ Buxoro mehnatkashlarining oʻtmish hayoti haqida hikoya qiladi. Adib ijodida oʻzbek xalqining maʼnaviy kamolotini koʻrsatish masalasi muhim oʻrin egallagan. Bu niyatini u oʻzbek ishchi sinfi hayotini tasvirlash orqali amalga oshirishga intiladi. Keyinchalik „Chinor“, „Opa-singillar“ va „Boʻronlarda bordek halovat“ asarlarida ham bu oʻz aksini koʻrsatadi.[1]

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asqad Muxtor 1920-yil 23-dekabrda Fargʻona shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Asqad Muxtor 11 yoshida ota-onasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalanadi. Maktabni tugatgach Oʻrta Osiyo universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirdi. Universitetni 1942-yilda tugatgan. 1957—1969-yillarda Oʻzbekiston SSR Yozuvchilar uyushmasi kotibi boʻlib faoliyat yuritgan. Asqad Muxtor „Sharq yulduzi“, „Guliston“ jurnallarida ishlagan. Andijon pedagogika instituti oʻzbek adabiyoti kafedrasini mudiri boʻlib xizmat qilgan. Andijon pedagogika institutida kafedra mudiri (1942—1945). „Yosh Leninchi“, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetalarida mas’ul kotib, boʻlim mudiri (1945—1948). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1957—1969, 1985—1988), uyushma boshqaruvi raisining oʻrinbosari (1965), „Sharq yulduzi“ (1960—1965), „Guliston“ (1969—1980) jurnallari, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri (1981—1982) boʻlib faoliyat olib borgan. Asqad Muxtor 1996-yilning 17-aprelida Toshkenda vafot etgan.[2]

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asqad Muxtorning „Poʻlat quyuvchi“ poemasi va „Daryolar tutashgan joyda“, „Opa-singillar“, „Tugʻilish“ asarlari oʻrtasida mushtaraklik bor. „Chinor“ romanida esa mehnat kishisining yuksak insoniy fazilatlari tasvirlangan. „Chinor“ romani mazmun va shakliga koʻra oʻziga xos asar boʻlib, unda oʻzbek xalqi bosib oʻtgan tarixiy yoʻl, kishilar ruhiyati ifoda etiladi.

Mehnat kishisi obrazi, uning yaratuvchilik faoliyati „Boʻronlarda bordek halovat“ (1976) qissasida yangi qirralari bilan aks etdi. „Amu“ (1986) romani Afgʻonistondagi voqealar haqida hikoya qiladi. Adib qahramonlari fikrlovchi, mushohada yurituvchi, bahslashuvchi kishilardir. Bu hol uning lirikasi uchun ham xosdir.

Soʻngra u „Yosh leninchi“, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetalari, „Sharq yulduzi“, „Guliston“ jurnallarida ishladi. Oʻzbekistondagi birinchi haftalik gazeta — „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ning tashkilotchilaridan biri boʻldi. Yozuvchilar uyushmasida kotiblik qildi.[3]

Sheʼriyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

„99 miniatyura“, „Sheʼrlar“ va „Sirli nido“ va boshqa kitoblariga kirgan nazmlari bilan oʻzbek poeziyasining boy imkoniyatlarini namoyish qildi. Uning poetik ijodi hayotiy mazmunga toʻla, koʻproq voqeaband, hajviyotga moyil. Ularda inson hayotining oʻtkinchiligi va haqiqati haqidagi oʻylar, inson va tabiat munosabatlariga oid murakkab savdolar aks etgan.

She'riy to‘plamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Poʻlat quyuvchi“ (1947)
  • Hamshaharlarim“ (1949)
  • Rahmat, mehribonlarim“ (1954)
  • Chin yurakdan“ (1956)
  • 99 miniatyura“ (1962)
  • Karvon qoʻngʻirogʻi“ (1964)
  • Sheʼrlar“ (1966)
  • Quyosh belanchagi“ (1971)
  • Sizga aytar soʻzim“ (1978)
  • Sirli nido“ (1984) singari sheʼriy kitoblar yozdi. Oʻzbek sheʼriyatiga chuqur tafakkur va murakkab tuygʻular tasvirini olib kirdi.[4]

Qissalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Daryolar tutashgan joyda“ (1950),
  • Qoraqalpoq qissasi“ (1958),
  • Buxoroning jin koʻchalari“ (1980),
  • Jar yoqasidagi chaqmoq“ (1982),
  • Kumush tola“ (1987);

Romanlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Opa-singillar“ (1955),
  • Tugʻilish“ (1960),
  • Davr mening taqdirimda“ (1964),
  • Chinor“ (1969),
  • Amu“ (1984);

Pyesalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mardlik cho(qqisi“ (1948),
  • Yaxshilikka yaxshilik“ (1949),
  • Zar qadri“ (1978),
  • Samandar“ (1978);

Hikoyalar toʻplami[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hayotga chaqiriq“ (1956),
  • Dunyo bolalari“ (1962);

Boshqa asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Analhaq“,
  • Chodirxayol“,
  • Insonga qulluq qiladurmen“ (1994, toʻplam),
  • Toʻqqizinchi palata“ (hikoya),
  • Uyqu qochganda“ (1997, soʻnggi kitobi. U adibning insoniyatga qoldirilgan vasiyatdek yangraydi),
  • Adolat“ (Ertak qahramonlari: Tul kampir, uning arzanda qizi, choʻri qiz Adolat, oʻn ikki birodar (oylar)),
  • Hafta“,
  • Poʻlatjon yuz tup koʻchat ekmoqchi“ kabi sheʼrlarini yozdi. Bu asarlarida inson maʼnaviyatining qadri, odamning bosh fazilati har qanday holatda ham insoniylik ekanligini samimiy tasvirladi.[5]

Tarjimalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asqad Muxtor jahonning Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy singari buyuk adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi va oʻzbek kitobxonlarining mehriga sazavor boʻldi.[6]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Togʻaev O. Asqad Muxtor. Toshkent. „Toshkent“, 1966.
  • Sayimov B. Asqad Muxtor prozasi. Toshkent. „Fan“, 1969.
  • Sharafiddinov O. Ijodning katta yoʻlida. „Isteʼdod jilolari“ kitobida. Toshkent. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1976.
  • Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. Toshkent: „Oʻqituvchi“, 1999.[7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2005-yil
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2005-yil
  7. OʻzLib kutubxonasi