Aʼzam Kamolov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aʼzam Kamolov
Tavalludi 1912-yil
Vafoti 14-oktyabr, 1971-yil
Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Aʼzam Kamolov (1912-yil, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi – 1971-yil 14-oktyabr, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) – bastakor, sozanda, dirijyor. U Tojikiston SSR xalq aktyori[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aʼzam Kamolov 1912-yilda Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlagach, 1947-yil Moskva konservatoriyasiga oʻqishga qabul qilingan. U 1927-yil „Sanʼat ixlosmandlari“ sozandalar guruhiga asos soldi. Aʼzam Kamolov 1930-yildan 1932-yilgacha Samarqand viloyati musiqa va drama teatrida dirijyor boʻlib ishladi. 1932-yildan 1935-yilgacha esa, Samarqand yahudiylar musiqali teatrida dirijyor sifatida faoliyat yuritdi. 1935-yildan 1938-yilgacha Tojikiston davlat drama teatrida bosh dirijyor sifatida ishladi. Aʼzam Kamolov 1950-yildan 1971-yilgacha Tojikiston xalq musiqasi orkestrida sozanda boʻlib faoliyat yuritdi. U 1971-yilning bahor faslida Tojikiston Vazirlar Kengashi huzuridagi Televideniye va radio qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Aʼzam Kamolov 1971-yil 14-oktyabr kunida Tojikiston SSRning Dushanbe shahrida vafot etadi.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aʼzam Kamolov 1929-yilda teatrda oʻz faoliyatini boshladi. U Toshkent va Samarqand shaharlaridagi teatrlarda dirijyorlik qildi. Faoliyati davomida, Halima Nosirova va Tamaraxonim kabi ijodkorlar bilan tanishdi. U 1936-yili Tojikistonga koʻchib borib, teatrlardagi turli kuylarni bastalagan[2]. U 1941-yil Moskvada boʻlib oʻtgan tojik musiqalari festivalida faol ishtirok etganligi uchun, „Lenin ordeni“ bilan mukofotlangan. Aʼzam Kamolov 1942-yilda ijodiy safar bilan Eronda boʻladi. Uning muvaffaqiyatli dirijyorlik qilgani uchun, jamoadoshlari „Oltin qoʻlli Aʼzam“ deb eʼtirof etishgan. Namunali faoliyati uchun Aʼzam Kamolov „Mehnat Qizil Bayroq ordeni“ bilan mukofotlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Аъзам Камолов“. pressa.tj. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  2. „Musiqayi Azamiy Kamol“. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.