Kontent qismiga oʻtish

5sta Family

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
5sta Family
5sta Family guruhi Big Love shousida (2018)
5sta Family guruhi Big Love shousida (2018)
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Moskva
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Faoliyat yillari 2004 — hozirgi kungacha
Janr Pop, R&B, Hip hop
Leybl Zion Music
Tarkib Olga Zasulskaya
Valeriy Yefremov
Vasiliy Kosinskiy
Sobiq aʼzolar Yulianna Karaulova
Anton Radaev
Valeriya Kozlova
Vebsayt 5sta.ru

5sta Family (Talaffuzi: fayvsta femili; 2011-yilgacha 5ivesta Family boʻlgan[1]) – rus estrada guruhi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guruh 2003-yilda ikkita musiqiy loyiha: NB va AzonEning birlashuvi natijasida yaratilgan. Dastlab guruhda 5 kishi bor edi: CoolB, V-kes, Toni, Loya va SANDRIK. Guruhning nomi ham aʼzolari sonidan kelib chiqqan. Guruh aʼzolari V-kes (Vikes), CoolB (Kul B) va Toni (Toni) internetda tanishib qolib, musiqiy guruh tuzishga qaror qilishdi. Keyinchalik ularga vokalchi Olya (Loya) ham qoʻshildi.

5sta Family guruhining birinchi singli „Nochnoy gorod“ qoʻshigʻi hisoblanadi.

2009-yil may oyida 5sta Family 23:45 guruhi bilan birgalikda radioda „Ya budu“ singlini chiqardi. Qoʻshiq radiodagi eng mashhur taronalardan biriga aylandi. U 10 hafta davomida Rossiya radiosi xit-paradining yuqori oʻrinlaridan tushmadi[2]. 2009-yil oxirida qoʻshiq Rossiyada eng koʻp yuklab olingan toʻrtinchi singl boʻldi[3]. 200 ming nusxada sotilgan singl Rossiyada platina sertifikatiga ega boʻldi[4].

Guruhning navbatdagi singli „Zachem?“ 2010-yilda chiqarilgan boʻlib, u ham Rossiya radiolarida birinchi raqamli xitga aylanadi[5].

2011-yil mart oyida Loya jamoani tark etdi va uning oʻrnini „Fabrika zvyozd-5“ shousi ishtirokchisi Yulianna Karaulova egalladi[6]. Oʻsha yilning kuzida guruh tomonidan kuylangan „Tuk-tuk“ qoʻshigʻi uchun ishlangan klipning premyerasi oʻtkazildi[7].

2012-yilda guruhning „Zachem?“ albomi chiqdi[8]. Oʻsha yilning yozida „Vmeste mi“ qoʻshigʻi uchun ishlangan klip chiqarildi[9] va u Oltin Gramafon mukofotiga sazovor boʻldi. 2013-yil yoz oyining oxirida guruh „Budu s toboy“ va 2014-yilda „Moya melodiya“ singllarini chiqardi.

2015-yil 23-mayda guruh aʼzolari qoʻshiqchi Lera Kozlova guruhning yangi aʼzosi boʻlganini eʼlon qilishdi[10]. Yulianna Karaulova esa bir vaqtning oʻzida yakkaxon karyerasini boshladi. 9-iyul kuni guruh „Metko“ singlini chiqardi. Bu Lera Kozlova ishtirokidagi guruhning birinchi qoʻshigʻi edi[11]. 2015-yil 20-sentyabrda Yulianna Karaulova guruhdan ketishini eʼlon qildi[12]. 1-noyabrdan boshlab, Yulianna Karaulova yakkaxon ijod qilish uchun ketganidan soʻng, Lera Kozlova 5sta Family guruhining yagona solisti boʻlib qoldi. 2015-yil 24-noyabr kuni „Metko“ qoʻshigʻi uchun ishlangan klipning premyerasi boʻlib oʻtdi.

2016-yil 21-yanvarda guruh yangi „Stiraya granitsi“ singlini chiqardi[13]. May oyida esa „Futbolka“ singli chiqdi. Tarona uchun oʻsha oyning oʻzida klip ham suratga olindi[14].

2017-yil 26-yanvarda jamoa „Vezuviy“ singlini taqdim etdi. Oʻsha yilning 28-aprelida „Mnozoetajki“ qoʻshigʻi chiqdi. 2017-yil may oyida Oliy Rada qarori bilan guruhga 7 yil muddatga Ukrainaga sayohat qilish taqiqlangan edi. Noyabr oyida Lera Kozlova boshqa loyihalarda ishtirok etish istagi tufayli guruhni tark etishini eʼlon qildi[15]. 27-noyabr kuni guruhning sobiq solisti Loya jamoaga qaytgani maʼlum boʻldi[16]. 2017-yil 5-dekabr kuni „Snova vmeste“ singlining premyerasi[17], 2018-yilning 2-aprelida esa ushbu qoʻshiq uchun ishlangan klip premyerasi boʻlib oʻtdi.

2018-yil 7-iyunda „Flyaga svistit“ qoʻshigʻi premyera qilindi va 26-iyul kuni uning videoklipi taqdim etildi. 28-sentyabr kuni esa „Membrani“ singli chiqarildi.

2019-yil 9-dekabrda „Perviy sneg“ kompozitsiyasi namoyish etildi[18].

Guruh 2023-yil 14-noyabrda olti oylik tanaffusdan soʻng „Iskri“ klipini premyera qildi[19]. Videoda ijrochilar oʻzlarini yangi rollarda namoyish etishdi.

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Olga Zasulskaya
  • Valeriy Yefremov
  • Vasiliy Kosinskiy

Sobiq aʼzolari

Davr Aʼzolari
2006—2011-yillar Valeriy Yefremov Olga Zasulskaya Vasiliy Kosinskiy Anton Radaev
2011—2015-yillar Yulianna Karaulova
2015—2017-yillar Valeriya Kozlova
2017—hozirgi kun Olga Zasulskaya

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiya albomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Maʼlumotlari Treklari
Zachem?
*Treklist[20]
NomiDavomiyligi
1.„Spring Summer“2:50
2.„Zachem?“3:31
3.„pokaji mne smisl“2:51
4.„Mi zdes“2:34
5.„Xozyain snov“3:54
6.„Vmesti mi“3:35
7.„Ya budu“3:06
8.„Puerto-Riko“2:55
9.„Nochnoy gorod“3:54
10.„Dojd plachet“2:50
11.„Tuk tuk“3:37
12.„Prosipaysya“3:15
13.„Na rasstoyanii zvonka“3:53
14.„Oglyanis nazad“3:52
15.„Tuk tuk“ (Alex Curly Remix)4:30
16.„Zachem?“ (Hardcore versiyasi)3:17
Jami davomiyligi:50:45

Rasmiy singllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Singl Albom
2008-yil „Nochnoy gorod“ Zachem?
2009-yil „Ya budu“
2010-yil „Zachem?“
„Na rasstoyanii zvonka“
2011-yil „Prosipaysya“
„Tuk-tuk“
2012-yil „Vmesti mi“
2013-yil „Budu s toboy“ Albomga kiritilmagan
2014-yil „Moya melodiya“
2015-yil „Metko“
2016-yil „Futbolka“
2017-yil „Mnogoetajki“
„Snova vmeste“
2019-yil „Odin na odin“
2020-yil „Egoistka“
2021-yil „Alliluyya“
2022-yil „Nevajno“
„Voysi“

Reklama singllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Singl
2010-yil „Lyubov bez obmana“
(23:45 bilan)
2013-yil „Bez uma“
„tri slova“
2014-yil „Tak bivaet“
2015-yil „Nebo v ogne“
2016-yil „Stiraya granitsi“
2017-yil „Vezuviy“
2018-yil „Flyaga svistit“
„Membrani“
„Tak bivaet II“
2019-yil „Pcheli“
„Zavyazala“
„Perviy sneg“
2020-yil „5 minut“
„Mimo menya“
„Rave“
2021-yil „Zachem?“
(Eva Miller bilan)
"Tyulpani"
2022-yil „Karusel“
„Distantsiya“
2023-yil „Krasnoe vino“

Videografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Klip Jamoa Rejissyor(lar) Albom
2008-yil „Nochnoy gorod“ Olga Zasulskaya, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy, Anton Radaev Konstantin Cherepkov
Zachem?
2009-yil „Ya budu“ (23:45 bilan) Olga Zasulskaya, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy Aleks Xamraev
2010-yil „Zachem?“ Marat Adelshin
„Na rasstoyanii zvonka“ Konstantin Cherepkov
„Lyubov bez obmana“ (23:45 bilan) Aleksandr Voytinskiy Albomga kiritilmagan
2011-yil „Prosipaysya“ Frenk Borin
Zachem?
„Tuk-tuk“ Yulianna Karaulova, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy Alisa Kosmos
2012-yil „Vmeste mi“ Ilya Durov
2013-yil „Budu s toboy“ Albomga kiritilmagan
2014-yil „Moya melodiya“ Darya Belova
2015-yil „Metko“ Valeriya Kozlova, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy Stalker Semenovich
2016-yil „Futbolka“ Igor Shmelyov
2017-yil „Mnogoetajki“ Aleksey Malaxov
2018-yil „Snova vmeste“ Olga Zasulskaya, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy Elvira T va Aleksey Malaxov
2019-yil „Odin na odin“ Yefim Bakaev
2020-yil „Rave“ (Mood Video) Valeriy Yefremov
2021-yil „Egoistka“ Broksh
„Zachem?“ (Eva Miller bilan) (Mood Video)
„Alliluyya“ Aleksey Malaxov
„Tyulpani“ (Mood Video) Valeriy Yefremov
2022-yil „Nevajno“ Jenya Ivanova
„Karusel“ (Mood Video)
„Voysi“ VV va Aleksey Malaxov Albomga kiritilmagan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „5sta Family сменили написание и состав“. InterMedia (2011-yil 29-mart). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
  2. „«23:45 & 5sta Family — Я буду» на tophit.ru“. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-fevral.
  3. „«2M» — Итоги 2009: Россия — цифровые треки“. 2012-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-yanvar.
  4. „«2M» — Россия Top 25 >> 26-2010“. 2011-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-yanvar.
  5. „Основные параметры ротации трека на радиостанциях, работающих в системе TOPHIT.RU“. 2017-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-iyun.
  6. „5sta Family нашли новую солистку на "Фабрике"“. InterMedia (2011-yil 4-aprel). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
  7. „5sta Family сняла «Тук-тук» с новой «секретной» участницей“. InterMedia (2011-yil 5-sentyabr). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
  8. „5sta Family сделала «Зачем?»“. InterMedia (2012-yil 18-aprel). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
  9. „Солистку 5sta Family в день свадьбы бросил жених“. InterMedia (2012-yil 9-iyun). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
  10. „Экс-«ранетка» Лера Козлова вошла в состав 5sta Family“. InterMedia (2015-yil 28-may). 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
  11. „5sta Family выпустили первый клип с Лерой Козловой (Видео)“. InterMedia (2015-yil 1-dekabr). 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
  12. „Юлианна Караулова прокомментировала свой уход из 5sta Family.“. 2016-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-dekabr.
  13. „Давай сотрем все границы: премьера новой песни 5sta family“. Nightparty (2016-yil 23-yanvar). 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-mart.
  14. Юдаева, Настя. „Группа 5sta Family выпустила новый клип «Футболка»“. Cosmo (2016-yil 28-may). 2016-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-iyul.
  15. Lera Kozlova pokidaet gruppu 5sta Family
  16. „Лоя вернулась в 5sta Family“. InterMedia (2017-yil 28-noyabr). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
  17. „Лоя и 5sta Family «Снова вместе» (Слушать)“. InterMedia (2017-yil 8-dekabr). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
  18. „5sta Family вспомнили про первый поцелуй в снежно-танцевальном сингле (Слушать)“. InterMedia (2019-yil 9-dekabr). 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
  19. „Источник“. 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  20. „Альбом «Зачем?» в Apple Music“. 2019-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-oktyabr.