2020-yilgi FIA Formula 3 chempionati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oscar Piastri mavsum gʻolibi.
Prema Racing jamoalar oʻrtasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

2020-yilgi FIA Formula 3 chempionati Formula 1 chempionatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan poyga musobaqasi hiosblanadi. 2019-yili ushbu poygalarning uchinchi bosqich oʻn birinchi mavsumo oʻtkazildi. Shuningdek, bir oʻrindiqli, ochiq gʻildirakli formulali poyga avtomobillari uchun koʻp bosqichli avtopoyga boʻyicha FIA Formula 3 chempionati nomi ostida ikkinchi mavsum boʻldi. Chempionatda poygachilar chempionatning texnik reglamentiga mos keladigan 3,4 litrli Formula 3 poyga avtomobillarida oʻzaro bahslashdi.

Oscar Piastri mavsumning soʻnggi bosqichi boʻlgan Mugello raundida chempionlikni qoʻlga kiritdi. Prema Racing jamoasi Monza raundida chempionlikni qoʻlga kiritib, ketma-ket ikkinchi mavsumda jamoalar chempioniga aylandi.

Jamoalar va poygachilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi jamoalar va poygachilar 2020-yilgi chempionatda qatnashish uchun shartnomaga ega edilar. Chempionat oʻziga xos boʻlgani uchun barcha jamoalar bir xil Dallara F3 2019 shassisi va Pirelli tomonidan ishlab chiqilgan shinalardan foydalanishdi[1][2]. Har bir mashina Mecachrome tomonidan ishlab chiqilgan 3,4 L (207 kub dyuym) V6 dvigateli bilan jihozlangan[3].

Jamoa No. Poygachi Bosqich
Italiya Prema Racing 1 Avstraliya Oscar Piastri Barchasida ishtirok etdi
2 Daniya Frederik Vesti Barchasida ishtirok etdi
3 Qoʻshma Shtatlar Logan Sargeant Barchasida ishtirok etdi
Birlashgan Qirollik Hitech Grand Prix 4 Birlashgan Qirollik Max Fewtrell 1-6
Fransiya Pierre-Louis Chovet 7-8
5 Yangi Zelandiya Liam Lawson Barchasida ishtirok etdi
6 Norvegiya Dennis Hauger Barchasida ishtirok etdi
Fransiya ART Grand Prix 7 Fransiya Théo Pourchaire Barchasida ishtirok etdi
8 Rossiya Aleksandr Smolyar Barchasida ishtirok etdi
9 Ispaniya Sebastián Fernández Barchasida ishtirok etdi
Italiya Trident 10 Germaniya Lirim Zendeli Barchasida ishtirok etdi
11 Germaniya David Beckmann Barchasida ishtirok etdi
12 Birlashgan Qirollik Olli Caldwell Barchasida ishtirok etdi
Germaniya HWA Racelab 14 Braziliya Enzo Fittipaldi Barchasida ishtirok etdi
15 Birlashgan Qirollik Jake Hughes Barchasida ishtirok etdi
16 Avstraliya Jack Doohan Barchasida ishtirok etdi
Niderlandiya MP Motorsport 17 Niderlandiya Richard Verschoor Barchasida ishtirok etdi
18 Niderlandiya Bent Viscaal Barchasida ishtirok etdi
19 Avstriya Lukas Dunner Barchasida ishtirok etdi
Shveysariya Jenzer Motorsport 20 Avstraliya Calan Williams Barchasida ishtirok etdi
21 Italiya Federico Malvestiti Barchasida ishtirok etdi
22 Italiya Matteo Nannini Barchasida ishtirok etdi
Chexiya Charouz Racing System 23 Chexiya Roman Staněk Barchasida ishtirok etdi
24 Braziliya Igor Fraga 1-8
25 Germaniya David Schumacher 1-6
Rossiya Michael Belov 7-9
Birlashgan Qirollik Carlin Buzz Racing 26 Birlashgan Qirollik Clément Novalak Barchasida ishtirok etdi
27 Birlashgan Qirollik Enaam Ahmed 1-3
Birlashgan Qirollik Ben Barnicoat 4-5
Italiya Leonardo Pulcini 6
Germaniya David Schumacher 7-9
28 Qoʻshma Shtatlar Cameron Das Barchasida ishtirok etdi
Ispaniya Campos Racing 29 Avstraliya Alex Peroni Barchasida ishtirok etdi
30 Italiya Alessio Deledda Barchasida ishtirok etdi
31 Germaniya Sophia Flörsch 1-6, 8-9
Germaniya Andreas Estner 7
Manba:[4][5][6]

Tafsilot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marcus Armstrong, Jehan Daruvala va amaldagi chempion Robert Shwartzman Prema Racing jamoasi va chempionatni tark etib, Formula 2 ga oʻtishdi. Logan Sargeant Carlin Buzz Racing jamoasiga oʻtdi. Mintaqaviy Yevropa va Formula Renault kubogining amaldagi chempionlari Frederik Vesti va Renault tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Oskar Piastri Premaga oʻtdi.

Kalendar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilgi chempionat doirasida toʻqqiz tur oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Mavsumda birinchi marta Bahrayn xalqaro trassasida ochilish raundini oʻtkazishi kerak edi. Biroq chempionatga COVID-19 pandemiyasi taʼsir koʻrsatdi, buning natijasida bir necha turlar qoldirildi. 2020-yil iyun oyida qayta koʻrib chiqilgan taqvim neʼlon qilindi.

Chempionat jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ball[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ballar 1-poygada eng yaxshi 10 ta, 2-poygada esa eng yaxshi 8 ta ishtirokchiga berildi. 1-poygada pole-poygachi toʻrt ball oldi va yakuniy poyga vaqtida eng tez aylanib oʻtgan haydovchiga ikki ball berildi. 2-poygada ustun natijaga qoʻshimcha ball berilmaydi, chunki 2-poyga 1-poyga natijalariga asoslangan.

1-poyga
Position  1-oʻrin   2-oʻrin   3-oʻrin   4-oʻrin   5-oʻrin   6-oʻrin   7-oʻrin   8-oʻrin   9-oʻrin   10-oʻrin   PL   FL 
Ball 25 18 15 12 10 8 6 4 2 1 4 2
2-poyga
Position  1-oʻrin   2-oʻrin   3-oʻrin   4-oʻrin   5-oʻrin   6-oʻrin   7-oʻrin   8-oʻrin   FL 
Ball 15 12 10 8 6 4 2 1 2

Mavsumning yakuniy bosqichida Oscar Piastri 164 ball bilan chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Car“. fiaformula3.com. Formula Motorsport Limited. 2019-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-fevral.
  2. Benyon, Jack; Evans, David. „New FIA F3 car will be 'more difficult to drive' than GP3 machine“. autosport.com. Motorsport Network (2019-yil 4-fevral). Qaraldi: 2019-yil 5-fevral.
  3. „New International F3 car set to use GP3 engine“. motorsport.com. Motorsport Network. 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.
  4. „Teams & Drivers“. www.fiaformula3.com. Formula Motorsport Limited. Qaraldi: 2020-yil 25-iyun.
  5. Woollard, Craig „Roman Stanek entered for FIA F3 opener with Charouz“. FormulaScout (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  6. „Estner replaces Floersch at Campos for Round 7“ (en). FIAFormula3® - The Official F3® Website. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]