2017-yil 20-oktyabrda Afgʻonistonda sodir etilgan hujumlar
2017-yilning 20-oktyabr kuni Afgʻonistonning Kobul va Gʻoʻr viloyatidagi masjidlarga xudkush-terrorchilar hujum qilib, kamida 60 kishini oʻldirishadi[1][2].
2017-yilning 20-oktyabr kuni juma namozi paytida qurollangan shaxs Kobuldagi Imom Zamon shia masjidiga bostirib kiradi[1][2]. Qurollangan shaxs masjidga oʻt ochib, bomba portlatib yuboradi, voqea natijasida esa 40 ga yaqin odam halok boʻladi[1][2].
Shu kuni juma namozi vaqtida Gʻoʻr viloyatidagi sunniylar masjidida ham xudkush-terrorchi oʻz portlovchi qurilmasini ishga tushirib, kamida 20 kishini oʻldiradi[3][2].
„Islomiy davlat“ hisoblanmish Xuroson viloyati Kobuldagi hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi[2].
2017-yilning oktyabr oyida isyonchilar Afgʻonistonda koʻplab hujumlar uyushtirishadi[2]. Shu yilning 17-oktyabr kuni Gardiz va Gʻazna shaharlarida 70 dan ortiq odam halok boʻladi. Shuningdek, 19-oktyabr kuni ham Qandahor viloyatida 43 afgʻon askarining oʻlimiga sabab boʻlgan qoʻshaloq xudkush portlash hujumlari ham sodir etilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Afghanistan hit by suicide bomb attacks on mosques leaving 63 dead“. The Daily Telegraph. 2023-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Afghan suicide mosque attacks kill scores of worshippers
- ↑ „Afghanistan hit by suicide bomb attacks on mosques leaving 63 dead“. The Daily Telegraph. 2023-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan.„Afghanistan hit by suicide bomb attacks on mosques leaving 63 dead“. The Daily Telegraph. Archived from the original on 5 February 2023.