Kontent qismiga oʻtish

2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali

2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidan lavha
Turnir 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
Sana 12-oktyabr, 2003-yil(2003-10-12)
Oʻyin oʻtkazilgan joy Home Depot Center, Carson
O'yin o'yinchisi Bettina Wiegmann (Germaniya)
Hakam Cristina Ionescu (Ruminiya)
Tomoshabinlar soni 26,137[1]
1999
2007
Germaniyalik himoyachi Nia Künzer qoʻshimcha vaqtda oltin gol urib, Germaniya 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻalaba qozondi.

2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali FIFAga aʼzo assotsiatsiyalarning ayollar terma jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan 2003-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibini aniqlaydigan assotsiatsiya futbol oʻyini boʻldi. 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali 2003-yil 12-oktabrda oʻtkazilgan va unda qoʻshimcha vaqtda Shvetsiya ayollar milliy futbol terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan Germaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi gʻalaba qozongan.

2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali haqida umumiy tavsif

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA tomonidan oʻtkaziladigan futbol boʻyicha ayollar milliy terma jamoalarining toʻrt yillik chempionati boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining toʻrtinchi mavsumi edi[2]. 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2003-yil 20-sentabrdan 12-oktabrgacha Amerika Qoʻshma Shtatlarida mamlakatning olti shahridagi oltita stadionda boʻlib oʻtdi[3]. 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Germaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi gʻolib chiqdii[4][5] va natijada Germaniya erkaklar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati va ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogini qoʻlga kiritgan birinchi mamlakat boʻldi[6][7].

Turnir SARS tarqalishi sababli Xitoyni tark etganidan soʻng, qisqa vaqt ichida Amerika Qoʻshma Shtatlar tomonidan mezbonlik qilindi va final Los-Anjeles yaqinidagi Californiya shtatidagi Carson shahridagi kichik futbol oʻyingohi Home Depot Center stadionida boʻlib oʻtdi. Ikkala finalchi ham Yevropa saralashida oʻz guruhlarida birinchi oʻrinni egallagan va 2001-yilgi UEFA ayollar chempionati finalida toʻqnash kelgan. Unda ham Germaniya gʻalaba qozongan edi. Germaniya „C“ guruhida birinchi oʻrinni egallab, yarim finalda amaldagi chempion Amerika Qoʻshma Shtatlar ustidan yirik hisobdagi (0:3) gʻalabaga erishib, 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finaliga favorit sifatida kirdi. Shvetsiya Amerika Qoʻshma Shtatlardan keyin ikkinchi oʻrinni egallab, „oʻlim guruhi“dan (2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati A Guruhi) chiqdi va oldingi pley-off bosqichlarida Braziliya va Kanadani magʻlub etdi.

Shvetsiya Hanna Lyungberg tomonidan kiritilgan goldan soʻng 1:0 hisobida oldinda boʻlgan holda tanaffusga chiqdi, ammo ikkinchi boʻlim boshida Germaniyaga tenglashtiruvchi golni Maren Maynert kiritdi. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan davom etdi va qoʻshimcha boʻlimning sakkizinchi daqiqasida Nia Künzerning boshi bilan kiritgan oltin goli 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali taqdirini hal boʻldi. Kunzerning boshi bilan urgan goli rasmiy xalqaro oʻyinda kiritilgan soʻnggi oltin gol boʻldi. Bundan tashqari Germaniya Shvetsiyani magʻlub etib, 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritdi[8].

2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalistlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali Germaniya va Shvetsiya oʻrtasidagi xalqaro ayollar futbolidagi oʻn ikkinchi uchrashuv va uchinchi marta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻyinida boʻldi[9]. Ikki jamoa 1995-yilgi UEFA ayollar chempionati va 2001-yillarda ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatining finalida toʻqnash kelishgan, ikkalasi ham Germaniya gʻalaba qozongan[10]. Germaniya Shvetsiyaga qarshi oldingi oʻyinlarning oltitasida gʻalaba qozongan va qolgan beshtasida magʻlub boʻlgan, jumladan, 2002-yilgi Algarve kubogidagi soʻnggi uchrashuvida 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan[11]. Avvalroq Germaniya 1995-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, Shvetsiya 1991-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati nemislarni magʻlub etib, uchinchi oʻrinni egallagan edi[12].

2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati final yoʻli

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Germaniya Bosqich Shvetsiya
Raqib terma jamoa Hisob Guruh bosqichi Raqib terma jamoa Hisob
 Kanada 4-1 1-tur  AQSh 1-3
 Yaponiya 3-0 2-tur  Shimoliy Koreya 1-0
 Argentina 6-1 3-tur  Nigeriya 3-0
Guruh C goʻlibi Guruh A ikkinchi oʻrin sohibi
Raqib terma jamoa Hisob Pley-off bosqichi Raqib terma jamoa Hisob
 Rossiya 7-1 Quarterfinals  Braziliya 2-1
 AQSh 3-0 Semifinals  Kanada 2-1

2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali oʻtkazilgan joy

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali Los-Anjelesning Carson chekkasida (Californiya) joylashgan 27 000 oʻrinli „Home Depot Center“ stadionida boʻlib oʻtdi. Stadion 2003-yil 7-iyunda ochilgan boʻlib, u asosan futbol uchun moʻljallangan birinchi Amerika maydonlaridan biri boʻlib, Los-Anjeles Galaksisi Major League Soccer (MLS)jamoasining uy stadioni boʻlib xizmat qiladi[13]. 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali dastlab Xitoyning Shanxay shahridagi „Xongkou“ futbol stadionida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi[14], biroq Xitoy 2003-yil aprelida SARS pandemiyasi avj olgani sababli musobaqani tark etganidan soʻng, 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Qoʻshma Shtatlarga koʻchirildi[15]. Home Depot Center stadioni 2003-yil iyun oyida guruh bosqichi, uchinchi oʻrin uchun pley-off va final bosqichida toʻrtta oʻyin oʻtkazish uchun tanlangan[16][17]. Home Depot Center stadioni 2003 va 2004-yillarda MLS kubogi final oʻyinlariga ham tanlangan[18].

2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati final oʻyini

[tahrir | manbasini tahrirlash]
12-oktyabr, 2003-yil(2003-10-12)
10:00 PDT
Olmoniya bayrogʻi Olmoniya 2-1 Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya Home Depot Center, Carson
Tomoshabinlar: 26,137[1]
Hakam: Cristina Ionescu (Ruminiya)
https://www.fifa.com/tournaments/womens/womensworldcup/usa2003/match-center/69290032
forma
Germaniya[19]
forma
Shvetsiya[19]
Darvozabon 1 Silke Rottenberg
Himoyachi 2 Kerstin Stegemann
Himoyachi 17 Ariane Hingst
Himoyachi 13 Sandra Minnert
Himoyachi 19 Stefanie Gottschlich
Yarim himoyachi 18 Kerstin Garefrekes Maydondan chiqarilgan 76'
Yarim himoyachi 10 Bettina Wiegmann (c)
Yarim himoyachi 6 Renate Lingor
LM 7 Pia Wunderlich Maydondan chiqarilgan 88'
Hujumchi 14 Maren Meinert
Hujumchi 9 Birgit Prinz
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar:
Hujumchi 11 Martina Müller Maydonga tushirilgan 76'
Himoyachi 4 Nia Künzer Maydonga tushirilgan 88'
Bosh murabbiy:
Tina Theune-Meyer
Darvozabon 1 Caroline Jönsson
Himoyachi 4 Hanna Marklund
Himoyachi 2 Karolina Westberg
Himoyachi 3 Jane Törnqvist
Himoyachi 7 Sara Larsson Maydondan chiqarilgan 76'
Yarim himoyachi 9 Malin Andersson Maydondan chiqarilgan 53'
Yarim himoyachi 6 Malin Moström (c)
Yarim himoyachi 18 Frida Östberg
Yarim himoyachi 17 Anna Sjöström Maydondan chiqarilgan 53'
Hujumchi 10 Hanna Ljungberg
Hujumchi 11 Victoria Svensson
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar:
Yarim himoyachi 14 Linda Fagerström Maydonga tushirilgan 53'
Yarim himoyachi 15 Therese Sjögran Maydonga tushirilgan 53'
Himoyachi 5 Kristin Bengtsson Maydonga tushirilgan 76'
Bosh murabbiy:
Marika Domanski-Lyfors
Oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi:

Germaniya Bettina Wiegmann (Germaniya)[20]

Yordamchi hakamlar:

Ruminiya Irina Mirt

Polsha Katarzyna Nadolska

Rasmiy toʻrtinchi hakam:

Kanada Sonia Denoncourt (Kanada)

2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidan keyin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon chempionati arafasida tuzilgan FIFA ayollar reytingida Germaniya birinchi boʻlib AQShni ortda qoldirdi[21]. Germaniya terma jamoasi sardori Bettina Vigmann va hujumchi Maren Maynert 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidan soʻng nafaqaga chiqishdi[22]. Kunzerning boshi bilan urgan goli rasmiy xalqaro oʻyinni hal qilish uchun oxirgi oltin gol boʻldi, chunki keyinchalik FIFA bu qoidani bosqichma-bosqich bekor qildi[23]. Shuningdek, u Sportschau oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra 2003-yilning eng yaxshi goli deb topildi va bu nomga sazovor boʻlgan birinchi ayollar goliga aylandi[24].

Ikki finalchi yana 2004-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medali uchun oʻyinda uchrashishdi va unda ham Germaniya 1:0 hisobida gʻalaba qozondi[8]. Germaniya 2007-yilda Shanxayda oʻtkazilgan 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Braziliyani 2:0 hisobida magʻlub etib, ketma-ket ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlarida gʻolib chiqqan birinchi jamoa boʻldi[25].

  1. 1,0 1,1 „FIFA Women's World Cup USA 2003 – Report and Statistics“ (PDF). FIFA.com 93–100. Fédération Internationale de Football Association. 26-dekabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-yanvar 2020-yil.
  2. FIFA Technical Study Group (2003). FIFA Women's World Cup USA 2003 Report and Statistics (Report). Fédération Internationale de Football Association. pp. 90–101. OCLC 85347862. Archived from the original on 7-iyul 2019-yil. https://web.archive.org/web/20190707202952/https://resources.fifa.com/image/upload/usa-2003-500802.pdf?cloudid=zb4xdbbsb9igeycudpmo. Qaraldi: 21-may 2019-yil. 
  3. (26-may 2003-yil). „FIFA Women's World Cup 2003 to be held in USA“. Press-reliz. 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2019-yil 12-may.
  4. „Most Entertaining Team“. FIFA. 2006-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
  5. „FIFAworldcup.com users vote Germany Most Entertaining Team“. FIFA (12-oktabr 2003-yil). 20-iyun 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
  6. Longman, Jere. „U.S. Replaces China As Host of Soccer's Women's World Cup“. The New York Times (27-may 2003-yil), s. D1. 8-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2012-yil.
  7. Longman, Jere. „The Group Dynamics of the Women's World Cup“. The New York Times (17-sentabr 2003-yil), s. D4. 7-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2019-yil.
  8. 8,0 8,1 „Revenge-seekers miss out in riveting rematches“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (26-avgust 2004-yil). 21-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2019-yil.
  9. Lehourites, Chris. „Sweden and Germany both confident ahead on World Cup“. Ukiah Daily Journal. Associated Press (8-oktabr 2003-yil), s. 7. Qaraldi: 21-may 2019-yil.
  10. Saffer, Paul. „2001: Müller magic seals success“. UEFA.com. Union of European Football Associations (7-iyul 2001-yil). Qaraldi: 21-may 2019-yil.
  11. Wilner, Barry. „Germany plays Sweden today“. Star Tribune. Associated Press (12-oktabr 2003-yil), s. C4. Qaraldi: 21-may 2019-yil.
  12. Jones, Grahame L.. „Attacks Expected to Attract Attention“. Los Angeles Times (12-oktabr 2003-yil), s. D4. Qaraldi: 26-may 2019-yil.
  13. Gutierrez, Paul. „Absolutely No Place Like Home for Galaxy“. Los Angeles Times (7-iyun 2003-yil), s. D1. Qaraldi: 18-may 2019-yil.
  14. Bell, Jack. „For U.S. Women, Two Trips to China“. The New York Times (11-dekabr 2002-yil), s. D7. Qaraldi: 6-iyul 2019-yil.
  15. Longman, Jere. „U.S. Replaces China As Host of Soccer's Women's World Cup“. The New York Times (27-may 2003-yil), s. D1. Qaraldi: 6-iyul 2019-yil.
  16. Wilner, Harry. „Venues set: Carson, Calif., to host final“. Sun-Sentinel. Associated press (13-iyun 2003-yil), s. C2. Qaraldi: 18-may 2019-yil.
  17. Jensen, Mike. „Women's World Cup to kick off in Phila.“. The Philadelphia Inquirer (17-iyun 2003-yil), s. D8. Qaraldi: 18-may 2019-yil.
  18. Chapin, Dwight. „MLS Cup: Earthquakes rumble; Donovan, Onstad secure S.J.'s 2nd title“. San Francisco Chronicle (24-noyabr 2003-yil), s. C1. Qaraldi: 18-may 2019-yil.
  19. 19,0 19,1 „Tactical Line-up – Germany-Sweden“ (PDF). FIFA.com 70, 86. Fédération Internationale de Football Association. 26-dekabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2018-yil.
    Kicker. Kicker Fußball-Almanach 2018 (olmoncha). Copress Sport, 15-sentabr 2017-yil — 731-bet. ISBN 9783767911161. 
  20. „Bud Light Player of the Match: Bettina Wiegmann (GER)“. FIFA.com. Federation Internationale de Football Association (12-oktabr 2003-yil). 21-iyun 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2015-yil.
  21. „World champions Germany usurp USA“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (24-oktabr 2003-yil). 11-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2019-yil.
  22. Winter, Barry. „Germany is golden“. Star-Tribune. Associated Press (13-oktabr 2003-yil), s. C5. Qaraldi: 2-iyun 2020-yil.
  23. „A golden goal for the history books“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (4-iyun 2016-yil). Qaraldi: 18-may 2019-yil.
  24. „2003: Alle Tor des Monats“ (olmoncha). Sportschau. Qaraldi: 3-iyun 2020-yil.
  25. „German history-makers toast their triumph“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (10-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-iyul 2019-yil.