1985 (roman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1985
Asl nomi 1985
Muallif(lar) Entoni Byorjess
Tarjimon(lar) Sardor Salimov
Janr(lar)i satirik fantastika, distopiya, ilmiy fantastika, siyosatga doir fantastika
Nashriyot „Zabarjad media“
ISBN ISBN 978-9943-7390-0-0

"1985" — ingliz yozuvchisi Entoni Byorjess tomonidan 1978-yilda yozilgan roman. Kitob ikki qismdan iborat:

  1. Jorj Oruellning distopik romani 1984[1] tahlili;
  2. Muallifning oʻzining romani.

Sujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi qism[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitobning birinchi qismida Byorjess Oruellning romanini tahlil qiladi, tahlil toʻldirish va koʻp qirraliligi oshirish uchun turli xil adabiy vositalarga — „xayoliy intervyu“ dan kaustik parodiyagacha murojaat qiladi.

Ikkinchi qism[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitobning ikkinchi qismida Byorjess oʻzining yaqin kelajak haqidagi tasavvurlarin oʻquvchiga taqdim etadi. U asarda shahar yonayotgan paytda o‘t o‘chiruvchilarning ish tashlashi, hatto lotin tilini yaxshi biladigan koʻcha toʻdalari ham begunohlarni o‘g‘irlab, ularni o‘ldiradigan, insonlar allaqachon texnologiya asiriga aylanib boʻlgan va hayotlarini oʻz qoʻllari bilan azob-uqubatga aylantirayotgan davlatni tasvirlaydi.

Nashr etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1978-yil, AQSh, Little Brown (ISBN 0-316-11651-3), 1978-yil 1-oktyabrda chop etilgan, qattiq muqovali (birinchi nashr). „Penthouse“ jurnalida bir vaqtning oʻzida nashr etilgan.
  • 1978-yil, Buyuk Britaniya, Hutchinson (ISBN 0-09-136080-3), 1978-yil oktyabrida nashr etilgan, qattiq muqovali.
  • 1980-yil, Buyuk Britaniya, Arrov (ISBN 0-09-921450-4), 1980-yil fevralida chop etilgan, yumshoq muqovali.
  • 2007-yil, CZ, Maťa (ISBN 978-80-7287-119-3), 2007-yil nashr etilgan, qattiq muqovali, Milan Mikulashek tomonidan chex tilidagi tarjimasi varianti.
  • 2013-yil, Buyuk Britaniya, Serpentʼs Tail (ISBN 978-1-84668-919-2), 2013-yilda chop etilgan, yumshoq muqovali.
  • 2015-yil, RU, AST nashriyoti (ISBN 978-5-17-087688-4), 2015-yilda nashr etilgan, A.Komarinets tomonidan rus tiliga tarjima qilingan varianti.
  • 2021-yil, Zabarjad media nashriyoti (ISBN 978-9943-7390-0-0), 2021-yilda nashr etilgan, Sardor Salimov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan varianti.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The New York Times“. 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-sentyabr.