1801-yil 1-avgustdagi harakatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1801-yil 1-avgustdagi harakat

Birinchi Barbar urushining bir qismi

1801 yil 1 avgustdagi harakat
1801-yil 1-avgustdagi harakat
USS  Enterprise Tripolitan polacca Tripoliga qarshi kurashmoqda .

Uilyam Beynbrij Xoff, 1878-yil

Sana 1801 yil 1 avgust

Manzil Tripoli (hozirgi Liviya ) va Malta o'rtasida

Natija Amerika g'alabas

Jangchilar
AQSh baytog'i
AQSh baytog'i
Amerika Qo'shma Shtatlari
Tripoli bayrogʻi
Tripoli bayrogʻi
Tripolipolitaniya
Komandirlar va rahbarlar
AQSh baytog'i
AQSh baytog'i
Endryu Sterett
Tripoli bayrogʻi
Tripoli bayrogʻi
Rais Mahomet Rous
Kuch
1 dona

90 kishi

1 polacca

80 kishi

Qurbonlar va yo'qotishlar
Yo'q 30 halok bo'ldi

30 yarador

1 polaka nogiron

Birinchi Barbar urushidagi yakka tartibdagi USS kemasi bilan Amerika o'rtasidag harkat tarixda 1801-yil 1-avgustdagi harakat deb nomlangan. Ushbu harakat Tripolitan va Tripoli zamonaviy Liviya qirg'oqlari yaqinidagi hududlarda amalga oshirilgan.

AQSH qo'shin Komodori Richard Deylning o'zining O'rta er dengizi otryadi bilan birga Tripoli Viloyatini qurshovga oladi. Leytenant Endryu Sterett qo'mondonligi ostida qo'shining ma'lum bir qismi Maltaga yuboriladi. Malta tomon yurish qilgan Rais Mahomet Rous boshchiligidagi qo'shin Tripoli bilan janglar olib borishadi. Tripoli o'jarlik bilan kurash olib bordi lekin jangning uchinchi soati tugab borayotganda taslim bo'lishga majbur bo'ladi.

Enterprise Maltaga sayohatini yakunladi va flotga qaytib kelganida eskadron kommodoridan sharaf va maqtovga sazovor bo'ladi. Jangning muvaffaqiyati Qo'shma Shtatlarda ruhiy kayfiyatni oshirdi, chunki bu mamlakat Tripolitanlarga qarshi urushdagi birinchi g'alabasi edi. Tripolida esa aksincha, Tripoli mag‘lubiyatidan xabar topib, ruhiy holat keskin tushib ketdi. Enterprise g'alabasiga qaramay, urush yana to'rt yil davomida shavqatsiz davom etti..

Harakatning asosiy qismi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1783-yilda Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) mustaqilligini tan olinganidan so'ng, ma'muriyat O'rta er dengizidagi Amerika savdo-iqtisodiy va yuk tashish manfaatlarini himoya qilish uchun Tripoli viloyatini soliq to'lashga majbur bo'ladi. Rasmiy ravishda Tripoli Usmonli imperiyasining sub'ekti bo'lgan lekin tashqi ishlar va siyosatda deyarli avtonom edi va kemalari O'rta er dengizida suzib yurgan musulmon bo'lmagan davlatlardan ruxsatsiz suzib yuragni hamda soliq undirish uchun ularga urush e'lon qiladi. 1801-yilda Tripoli Qo'shma Shtatlardan talab qilgan soliq to'lovlarini sezilarli darajada oshirgan. Tomas Jeffersonning AQSH ma'muriyatiga saylangandan so'ng bu soliqlarni to'lashdan bosh tortadi.[1] Tripoli tarafi esa bunga javoban AQSH savdo-iqtisoiy va yuk tashuvchi hamda boshqa faoliyat olib borayotgan kema va ekipajlarini yo'q qilish va qo'lga olish haqida qarorlar qanul qila boshlashadi. Amerikalik savdogarlarga qilingan bu hujumlar haqidagi xabarlar Vashingtonga yetib borgach, Jefferson ma'muriyati Qo'shma Shtatlar dengiz flotiga Tripoliga qarshi cheklangan operatsiyalar o'tkazish vakolatini berdi. Amerika strategiyasining bir qismi sifatida Tripolini blokada qilish uchun kommodor Richard Deyl boshchiligidagi eskadron jo'natilinadi. [2]

1801-yilning iyulida Deyl kuchlari suvdan harkatlana boshladi. Qo'shinlarni safini saqlash hamda kerakli narsalarni yetkazib berish maqsadida Deyl leytenant Endryu Steret qo'mondonligidagi USS Enterprise kemasini Maltadagi Britaniya harbiy-dengiz bazasida ta'minlash uchun jo'natdi, Deylning o'zi USS fregati bilan Tripoli yaqinida qoldi.  [3]


Tripoli kemalari va Enterprise kemali teng kuchli raqiblar edilar. Enterprise 90 ta ekipaj a'zosiga ega bo'lib, 1799-yilda qurilgan 12 ta qurol o'rnatilgan, 135 tonnalik kema bo'lib, u Kvazi-urushda qatnashgan hmda ekipaj a'zolari tajriba ortirgan edi. [4] Bundan farqli o'laroq Tripoli kemalari ikki ustunli, o'ziga xos yelkanlar va 80 kishilik ekipaja'zolaridan iborat edi.[5] Tripolitanliklar otishma kuchi bo'yicha ozgina ustunlikka ega bo'lishsa-da, Enterprise kattaroq ekipaj va hayratga soluvchi elementlar bilan ustunlikni o'z foydalariga hal qilayotgandek tuyularni. Amerikaliklar o'q otish bo'yicha tripolitanliklarga qaraganda ancha tajribaga ega edilar, ular o'z raqiblarining kemalariga chiqib va kemani egallab olish orqali raqiblarini mag'lubiyatga uchratish bo'yicha ancha tajriba to'plagan edilar.

Janglar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika qo'shinlari Tripolitanlarga yaqin kelganda komandirlari tomonidan Tripolitanlarga yaqin masofadan mushakbozlik bilan o't ochishni bo'yicha buyruq olishadi. Bunga javoban Tripoli haarbiy hilalar bilan javob qaytaradi. [6] Amerikaliklar o'zlarining kuchli tomonlari bilan o't ochishni boshlaydilar, bu esa Rousni kelishuvni to'xtatib ekipaj va o'zini jonini saqlash maqsadida qochishiga majbur qiladi. Tripolitanlar Enterprise bilan kurashib, unga o'tishga harakat qilishdi lekin Amerika kemasiga qarshi rejadagidek kurasha olmadilar hamda bir qancha muamolarga duch keldilar. Belgilangan masofasiga yetib borganda, Enterprise piyodalari Tripoliga qarata o't ochishni boshlaydi. Enterprise jangni davom ettiradi hamda Tripolitan kemasiga ketma ket o'q uzadilar. Ketma ket o'q uzishlar natijasida kemaning korpusida teshik ochiladi. [7]

Jiddiy shikastlangan Tripoli taslim bo'lganligini ko'rsatish uchun oq bayroqni ko'tardi. Bu Tripoli tomonining birinchi taslim bo'lishi edi. Enterprise Tripolining taslim bo'lishni qabul qilish uchun kema tomon harakatlanayotganda, Tripolitanlar o'z bayrog'ini ko'tardilar va Enterprisega qarata o'q uzishni boshlaydilar. Tripolitanliklar yana Amerika kemasiga chiqishga urunib ko'rishadi lekin Amerikaliklarning ke,alari nayzalar bilan bilan himoyalangan edi. buning natijasida kemaga chiqish uchhun ancha vaqt sarflashadi bu vaqtda amerikaliklar o'q uzib ularni kemaga kirishiga yo'l qo'ymaydi. Bu otishlar davomida ustunlik Enterprise tarafga o'tib ketadi va Tripolining ikkinchi marta taslim bo'lishiga olib keladi.[8] Oxirgi najot sifatda kamandir Rous ekipajiga bor kuchi bilan hujum qilish ko'rsatnasini beradi. Enterprisening aniq qarshi hujumi Tripolini yana burilishga majbur qildi. Natijada Tripoli uchunchi marta ham taslim bo'lishga majbur bo'lad. Amerikaliklar bu safargi taslim bo'lish hiylasiga ishonmay kemalar o'rtasidagi masofalarni yaxshi nazorat qilishadi.[9] Ekipaj a'zolarining ko'pchiligi o'lgan yoki yaralangan edi. Yaralangan admiral Rous nihoyat Tripolitan bayrog'ini dengizga tashladi va Sterettni harakatni tugatishga ishontirdi. [7]

Harakat oqibatalri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janglar natijasida ekipajning 30 nafar a'zosi halok bo'ldi hamda 30 nafari juda qattiq jarihatlandi. Qurbonlar orasida polkning birinchi leytenanti ham jarohatlanganlar orasida admiral Rousning o'zi bor edi. Bu jangda Amerika tarafi sezilarli zarar ko'rmadi va deyarli yuqotishlarsiz jangni yakunladi.[3] Buyruqlari unga sovrinlarni saqlab qolish huquqini bermagan Sterett, polakani Tripoliga qaytib ketishga ruxsat berdi. [7]

Enterprise ketgandan so'ng, Tripoli kemalari Tripoli portiga qaytishni boshladi. Yo'lda Rous kemalari USS kemalariga to'g'ri va shu vaziyatda Rous Prezidentdan yordam so'radi. Rous yo'lda fransuzlarning 22 qurolli kemasi bilan jang qilganligini hamda bu janglarda juda qattiq shikastlanganini yolg'on sifatida ishlati. [10] Nihoyat Tripoliga etib kelganida, Rous Tripoli poshosi (hukmdori) Yusuf Karamanli tomonidan qattiq jazolandi hamda sharmandali vaziyatlarga solindi va unvonlaridan mahrum qilindi[11]

Janlar yakunida Tripolining mag'lubiyati admiral Rousning qattiq jazolanishi balki shahar aholisining tushkunligiga olib keldi. Natijada Tripoli kemalariga ishga qabul qilish va faoliyat yuritish juda qisqarib ketti. Amerikada esa buning umuman teskarisi bo'ldi Enterprisening Tripoli ustidan qilgan g'alabasi natijasida ekipaj a'zolari turli xil bonuslar va pullarni qo'lga kiritishti, kema kapitani esa yuksak hurmat ehtiromga ega bo'ldi hamda lavozimi ko'tarildi.[12] G‘olib amerikaliklar haqida hayoliy pyesalar yozildi, urush haqidagi ruhiyat va ishtiyoq yuksak cho‘qqiga chiqdi. Biroq, g'alaba urushni olib borishda uzoq muddatli oqibatlarga olib kelmadi. [13]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Allen 1905, p. 91
  2. Boot 2002, p. 13.
  3. 3,0 3,1 Fremont-Barnes 2002, p. 40.
  4. Dobbs 2005, p. 138.
  5. Smethurst 2006, p. 81.
  6. Wheelan 2003, p. xix.
  7. 7,0 7,1 7,2 Whipple 1991, p. 80.
  8. Wheelan 2003, p. xx.
  9. Allen 1905, p. 96.
  10. Wheelan 2003, p. 118.
  11. Boot 2002, p. 14.
  12. Allen 1905, p. 97.
  13. Wheelan 2003, p. 119.