1716-yilgi Jazoir zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1716-yil fevraldan maygacha Jazoirda bir qator zilzilalar sodir boʻlgan ― Eng kuchli va eng halokatli, 7,0 magnitudali, zarba 3-fevral kuni boʻlib oʻtgan. Zilzila epitsentri Jazoir shahri yaqinida joylashgan. Taxminan 20 000 kishi halok boʻldi[1]. Zilzila Kataniya, Sirakuza va Sitsiliyada sezildi.

Tektonik vaziyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jazoir hududi Afrika plitasini Yevroosiyo plitasidan ajratib turuvchi murakkab va kam taʼriflangan konvergent plastinka chegarasi yaqinida joylashgan[2]. Plitalar Jazoir shimolida aloqa zonasini yaratgan, bu asosan ham quruqlikda, ham dengizdan uzoqda siljishlar sodir boʻlganda hosil boʻladi. Jazoir va Marokashdagi Atlas togʻlari siljishlar oqibatida paydo boʻlgan. Jazoirdagi tektonik vaziyat, shuningdek, mamlakatni, magnitudasi 6,0 dan ortiq boʻlgan, yirik va halokatli seysmik hodisalarga qarshi, himoyasiz qiladi. Sohildagi yoriqlar kuchli zilzilalar paytida, Jazoir sohillariga sunami xavfini keltirib chiqaradi[3].

Zilzila[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zilzila manbai, Jazoirning shimoliy qirgʻogʻi boʻylab oʻtgan Sahel yorigʻi deb nomlanuvchi, shimoli-gʻarbiy siljish deb hisoblangan. Yoriq boʻylab, taxminan 60 km paleseysmologik tadqiqotlar, kuchli zilzila yoki tasvirlangan halokatli zilzila bilan bir xil davrda sodir boʻlgan zilzilalar haqida dalillar aniqlangan. Xandak qazish va radiouglerodli usuli bilan koʻmirni yoshini aniqlash paytida, topilgan sirt yoriqlari miloddan avvalgi 1211-yilgacha boʻlgan ikkita tarixiy zilzilalarni aniqlashga, 778 va 1779-yillar orasida uchta va uchtasi 1727-yildan keyin, sabab boʻlgan. 1716-yilgi zilzila 1365-yildagi boshqa hodisa bilan birga paleozilzilalar diapazoniga tushib qolgan va Sahel yorigʻidagi faollikka mos kelishi mumkin[4].

Miloddan avvalgi 856-yildan 2008-yilgacha sodir boʻlgan, Jazoir shimolidagi asosiy zilzilalar yagona katalogida" zilzilaning taxminiy magnitudasi — 7,0[5] ni koʻrsatgan.

Zilzila oqibatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi zarba 3-fevral kuni mahalliy vaqt boʻyicha 9:45 da sodir boʻlgan. Koʻplab eskirgan uylar qulab tushgan. Yaxshi qurilgan binolar, jumladan, masjidlarda katta yoriqlar hosil boʻlgan. 204 ta uy va toʻrtta masjid yoki saroyga yetkazilgan zararning batafsil hujjatlari mavjud. Zilziladan keyin Jazoir deyarli butunlay vayron boʻlgan. „Dar Aziz“ saroyining yuqori qavatlari qulab tushgan, devorlarida yoriqlar paydo boʻlgan. Jazoirdan 3 km uzoqlikdagi, koʻp uylar ham zarar koʻrgan. Koʻp oʻtmay kuchli aftershok (takroriy silkinish) sodir boʻlgan. U koʻproq zarar keltirgan va 3-fevraldagi zilzila paytida zarar koʻrmagan binolarni vayron qilgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „NCEI Global Historical Hazard Database“ (en). www.ngdc.noaa.gov. Qaraldi: 2022-yil 24-may.
  2. A. Leprêtre, F. Klingelhoefer, D. Graindorge, P. Schnurle, M. O. Beslier, K. Yelles, J. Déverchère, R. Bracene (2013). „Multiphased tectonic evolution of the Central Algerian margin from combined wide-angle and reflection seismic data off Tipaza, Algeria“. Journal of Geophysical Research: Solid Earth. 118-jild, № 8. 3899–3916-bet. doi:10.1002/jgrb.50318. 2021-10-10da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19–iyul 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () CS1 maint: multiple names: authors list ()
  3. Abdelkarim Yelles-Chaouche; Abdelaziz Kherroubi (2017). Hamoud Beldjoudi (muh.). „The large Algerian earthquakes (267 A.D.-2017)“. Física de la tierra. 29-jild. Universidad Complutense de Madrid. doi:10.5209/FITE.57617. ISSN 1988-2440. 2021-10-20da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19–iyul 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. A. Heddar; C. Authemayou; H. Djellit; A.K. Yelles; J. Déverchère; S. Gharbi; A. Boudiaf; B. Van Vliet Lanoe (2013). „Preliminary results of a paleoseismological analysis along the Sahel fault (Algeria): New evidence for historical seismic events“. Quaternary International. 302-jild. 210–223-bet. doi:10.1016/j.quaint.2012.09.007.
  5. M. Hamdache; José A. Peláez; A. Talbi; C. López Casado (2010). „A Unified Catalog of Main Earthquakes for Northern Algeria from A.D. 856 to 2008“. Seismological Research Letters. 81-jild, № 5. 732–739-bet. doi:10.1785/gssrl.81.5.732.
  6. Amina Abdessemed-Foufa; Djillali Benouar (2008). „Investigation of the 1716 Algiers (Algeria) earthquake from historical sources“ (PDF). International Journal of Architectural Heritage. 4-jild, № 3. 270–293-bet. doi:10.1080/15583050903161352. 2022-02-03da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2022-06-03.