115-yilgi Antioxiya zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antioxiya zilzilasi — 115-yil 13-dekabrda sodir boʻlgan zilziladir. Taxminiy magnitudasi 7,5ni tashkil qilgan, Merkalli shkalasi boʻyicha taxminiy intensivlik XI. Antioxiya va uning atrofidagi hududlar katta zarar koʻrgan, 260 000 ga yaqin odam halok boʻlgan[1]. Zilzila, Kesariya Maritima portini vayron qilgan, tsunamini keltirib chiqargan. Zilzila natijasida Rim imperiyasining konsuli Mark Pedon Virgilian halok boʻlgan, Rim imperatori Trayan va uning boʻlajak vorisi Adrian yaralangan[2][3].

Tektonik vaziyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Antioxiya Afrika, Arab va Anatoliya plitalari kesishgan uchlik yaqinida joylashgan. Oʻtgan 2000-yil davomida bu hududda koʻplab kuchli zilzilalar qayd etilgan[4].

Oʻlik dengizning shimoliy qismida olib borilgan qazilma ishlari natijalari shuni koʻrsatadiki, taxminan eramizning 100-yillarida, Missiaf yorigʻi segmenti boʻylab uchta yirik zilzila sodir boʻlgan, ularning oldinroq sodir boʻlgani 115-yildagi zilzila boʻlishi mumkin[5].

Zilzila[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dion Kassiy Antioxiyadagi zilzilani oʻzining „Rim tarixi“ asarida tasvirlab bergan[6]. U oʻsha paytda Antioxiyani, Trayan shu yerda qishlagani uchun, imperiyaning turli burchaklaridan kelgan askarlar va koʻplab tinch aholi bilan gavjum deb taʼriflaydi. Zilzila kuchli shovqin bilan boshlangan, keyin kuchli silkinish kuzatilgan. Koʻplab aholi va daraxtlar zilzila natijasida havoga koʻtarilgan, natijada odamlar jiddiy jarohatlar olishgan. Qoldiqlarning qulashi oqibatida koʻp sonli odam halok boʻlgan, yana koʻplar vayronalar ostida qolib ketgan. Zilziladan keyin bir necha kun davom etgan, aftershoklar yanada koʻproq odamlarning hayotiga zomin boʻlgan. Trayan oʻzi yashagan uydan deraza orqali chiqib ketishga muvaffaq boʻlgan va faqat yengil jarohatlar olgan. Aftershoklar xavfi tufayli u mulozimlari bilan ochiq ippodromga yetib kelgan[6].


Zilzila natijasida Apameya shahri ham vayron boʻlgan va Bayrut katta zarar koʻrgan[5]. Zilzila oqibatida paydo boʻlgan tsunami Livan qirgʻoqlariga, ayniqsa Kesariya va Yavnaga[7] salbiy taʼsir koʻrsatgan. Kesariya dengizidagi port, ehtimol, tsunami[8] tomonidan vayron qilingan boʻlishi mumkin.

Zilzila qurbonlari soni taxminan 260 000 kishiga baholanmoqda, ammo bu raqam kim tarafidan va qanday hisoblangani nomaʼlum[9].

Zilzila oqibatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Antioxiyani qayta tiklash Trayan tomonidan boshlangan, lekin Adrian[10] tomonidan yakunlangan. Trayan shaharning qayta tiklanishi xotirasiga yangi teatrda Evtixidning Tyux haykali nusxasini oʻrnatishni buyurgan[11]. Antioxiyada topilgan deyarli barcha mozaikalar zilziladan keyingi davrga tegishli[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „DEADLIEST EVER EARTHQUAKES“. www.earthquakes.bgs.ac.uk. Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
  2. Antioch on the Orontes“,A guide to biblical sites in Greece and Turkey. Oxford University Press, 2003 — 303 bet. ISBN 978-0-19-513917-4. 
  3. Cassius Dio, Roman History 68,24-25
  4. Çaktı E., Bikçe M., Özel O., Geneş C., Kaçın S., Kaya Y. „Antakya Basin Strong Ground Motion Network“ (2011). Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
  5. 5,0 5,1 Meghraoui, M.; Gomez F.; Sbeinati R.; van der Woerd J.; Mouty M.; Darkal A.N.; Radwan Y.; Layyous I.; Al Najjar H. (2003). „Evidence for 830 years of seismic quiescence from palaeoseismology, archaeoseismology and historical seismicity along the Dead Sea fault in Syria“ (PDF). Earth and Planetary Science Letters. 210-jild, № 1–2. Elsevier. 35–52-bet. Bibcode:2003E&PSL.210...35M. doi:10.1016/S0012-821X(03)00144-4.
  6. 6,0 6,1 Bennett, J.. Trajan: Optimus Princeps : a Life and Times, 2nd, Roman imperial biographies Batsford Series, 1997 — 199–201 bet. ISBN 978-0-415-16524-2. 20-oktabr 2011-yilda qaraldi. 
  7. Sbeinati, M.R.; Darawcheh, R.; Mouty, M. (2005). „The historical earthquakes of Syria: an analysis of large and moderate earthquakes from 1365 B.C. to 1900 A.D.“ (PDF). Annals of Geophysics. 48-jild, № 3. 347–435-bet. Qaraldi: 2022-04-03.
  8. Reinhardt, E.G.; Goodman B.N.; Boyce J.I.; Lopez G.; van Hengstum P.; Rinnk W.J.; Mart Y.; Raban A. (2006). „The tsunami of 13 December A.D. 115 and the destruction of Herod the Great's harbor at Caeserea Maritima, Israel“. Geology. 34-jild, № 12. Geological Society of America. 1061–1064-bet. Bibcode:2006Geo....34.1061R. doi:10.1130/G22780A.1. Qaraldi: 2022-04-03.
  9. Musson, R. „The ten deadliest ever earthquakes“. Британская геологическая служба (2022-yil 3-aprel). Qaraldi: 20-oktabr 2011-yil.
  10. Boatwright, M.T.. Hadrian and the Cities of the Roman Empire. Princeton University Press, 2003 — 138 bet. ISBN 978-0-691-09493-9. 
  11. Dirven, L.. The Palmyrenes of Dura-Europos: A Study of Religious Interaction in Roman Syria, Religions in the Graeco-Roman world. BRILL, 1999 — 112 bet. ISBN 978-90-04-11589-7. 20-oktabr 2011-yilda qaraldi. 
  12. Paul Between Damascus and Antioch: The Unknown Years. Westminster John Knox Press, 1997 — 478 bet. ISBN 978-0-664-25736-1. 20-oktabr 2011-yilda qaraldi.