Kontent qismiga oʻtish

“Xo‘jai Sarob ota” ziyoratgohi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zomin tumanidagi so‘lim Pishag‘or qishlog‘ining yuqorirog‘ida bir ziyoratgoh maskan bor. Bu qadamjoni mahalliy aholi «Xo‘jai Serob ota ziyoratgohi» («Suv boshining egasi») deb atashadi. Atrofini yashilliklar va obi-hayot o‘rab turgan bu dargohga qadam qo‘yganingiz hamono, ko‘ngilni ajib bir osoyishtalik qamrab oladi. Go‘yoki, g‘am-tashvishga to‘la dunyo orqada qolib, betashvish olamga kirgandek his qilasiz, o‘zingizni. Teparoqda maqbara. Maqbara ro‘parasida masjid qad ko‘targan bo‘lib, ziyoratgohning xushhavo tabiatiga o‘zgacha ulug‘vorlik baxsh etganday. Bu yerda qabri muqim bo‘lgan inson, asli ulug‘ olim bo‘lib, ismlari Mavlono Muhammad Peshog‘ariy ekan. U kishi 1321-yilda tavallud topgan ekanlar. Bu zot to‘g‘risida va u kishining ilmiy faoliyati haqida Faxriddin Ali ibn Voiz al Koshifiyning «Rashxatu aynul hayot» nomli tazkirasining 215-216 betlarida bir muncha ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ma’lumotlarga qaraganda Mavlono Muhammad silsilai Xojagon yo‘nalishidagi «Naqshbandiya» tariqatining zabardast vakillaridan bo‘lib, ilmi zohir va ilmi botinda mashhuri jahon ekanlar. Tug‘ilgan yillari hijriy sanada 700 – yil, taxallusi «Xojai Ser-ob», yoki «Xojai Sar-ob»[1].

Aytishlaricha, shu inson olis yurtlardan bizning yurtimizga sayohat qilib kelib qolibdilar. Morguzar tog‘idan o‘tayotganlarida ittifoqo, so‘lim va bahavo joyga ko‘zlari tushib, bu maskanda muqim qolish istagi tug‘ilibdi.

  1. Janizoqova, G.M. (20.06.2023). „O'zbekistonda tog' turizmi rivojlanishning geografik xususiyatlari (Molguzar tog`i misolida)“. Yangi Oʻzbekiston pedagoglari axborotnomasi. 81-bet. {{cite magazine}}: More than one of |pages= va |page= specified (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)