Ümit Özat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ümit Özat
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ümit Özat
Tavallud sanasi 30-oktyabr 1976-yil (1976-10-30) (47 yosh)
Tavallud joyi Ankara, Turkiya
Boʻyi 1.86 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-1995 Keçiörengücü
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994—1995 Keçiörengücü 25 (0)
1995—2001 Gençlerbirliği 150 (11)
2000—2001Bursaspor (Ijara) 24 (1)
2001—2007 Fenerbahçe 182 (12)
2007—2009 1. FC Köln 35 (0)
Milliy terma jamoa
1996—1997 Turkiya U21 7 (0)
1997 Turkey Olympic 5 (1)
2000—2005 Turkiya 41 (1)
Boshqargan klublari
2010—2011 Ankaragücü
2012 Manisaspor
2014—2015 Elazığspor
2015 Boluspor
2015—2016 Samsunspor
2016 Mersin İdman Yurdu
2016—2017 Gençlerbirliği
2017—2018 Gençlerbirliği
2019 Giresunspor
2019 Adana Demirspor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ümit Özat (1976-yil 30-oktabrda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anqarada tugʻilgan Özat dastlab „Gençlerbirligi“ va „Fenerbaxche“da markaziy himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Keyinchalik u chap qanot himoyachisiga aylantirilgan. Uning asosiy oyogʻi oʻng oyoq boʻlishiga qaramay baribir chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan. Asosan qanot himoyasi va hujumchilarni qoʻllab-quvvatlagan Özat kutilmaganda uzoqdan zarbalari bilan tanilgan. U kerak boʻlganda raqib hujumchilarni tozalovchi vazifasini ham bajargan.

Özat FC Köln safida 2007-yil

2007-yil may oyida u FK Kyoln bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 2008-yilning 29-avgustida Özat Bundesliga doirasidagi „Karlsruher SC“ ga qarshi oʻyinda yiqilib tushgan. Qisqa muddat hushini yoʻqotib, tekshiruv uchun kasalxonaga yuborilgan. Keyingi tekshiruvlar klubning sobiq sardorida miokardit deb ataladigan yurak xastaligi borligini aniqlab bergan. 2009-yilning 14-martida Özat faoliyatini yakunlagani rasman maʼlum boʻlgan. Uning nafaqaga chiqishiga yurakdagi muaommolari taʼsir koʻrsatgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Özat 2000-yilning 16-avgustida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi oʻyinda Turkiya terma jamoasi safida debyut qilgan. U milliy terma jamoa safida 41 marta oʻynagan, jumladan 2002-yilgi Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Bu jarayonda Özat oʻz mamlakati uchun bitta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Özatning karyerasi 2009-yil 21-dekabrda isteʼfoga chiqqanigacha Zvonimir Soldo qoʻl ostida „Kyoln“da murabbiy yordamchisi sifatida davom etgan. Keyinchalik u Ankaragücüda Rojer Lemerning yordamchisi boʻlgan va 2010-yil may oyida Lemer ishdan boʻshatilgandan soʻng bosh murabbiy boʻlgan. Uning birinchi boshqaruv lavozimi Ankaragücü boʻlib, u klubni olti oydan ortiq vaqt davomida boshqargan. Ankaragücüdan soʻng, Özat: Manisaspor, Elazigʻspor, Boluspor, Samsunspor, Mersin İdman Yurdu, Gençlerbirligi, Giresunspor va Adana Demirspor kabi turk klublarini boshqargan.

2019-yil 16-dekabrda u oʻsha paytdagi Bosniya Premer-ligasi klubi Chelik Zenitsaning yangi bosh murabbiyi boʻlgan va klub bilan 2021-yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan[1]. 2020-yil 23-fevralda „Zrinjski Mostar“ga qarshi liga oʻyinida Oʻzatning jamoasi Chelik murabbiyi sifatida ilk rasmiy oʻyinida 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan[2]. U 2020-yil iyun oyida Chelikni tark etgan[3].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Keçiörengücü 1994-95 TFF Uchunchi Liga 25 0 0 0 25 0
Gençlerbirliği 1995-96 Süper Lig 17 0 1 0 18 0
1996-97 33 2 4 1 37 3
1997-98 34 5 3 0 37 5
1998-99 31 1 3 0 34 1
1999-2000 33 3 1 1 34 4
2000-01 2 0 0 0 2 0
Jami 150 11 12 2 162 13
Bursaspor (loan) 2000-01 Süper Lig 24 1 2 0 26 1
Fenerbahçe 2001-02 Süper Lig 30 1 2 0 6 0 38 1
2002-03 30 1 1 0 5 0 36 1
2003-04 32 7 4 0 36 7
2004-05 31 2 4 0 8 0 43 2
2005-06 34 0 8 0 6 0 48 0
2006-07 25 1 6 0 7 0 0 0 38 1
Jami 182 12 25 0 32 0 0 0 239 12
1. FC Köln 2007-08 2. Bundesliga 32 0 0 0 32 0
2008-09 Bundesliga 3 0 0 0 3 0
Jami 35 0 0 0 35 0
Karyerada jami 416 24 39 2 32 0 0 0 487 26

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Mavsum Oʻyin Gol
Turkiya
2000 1 0
2001 9 0
2002 8 0
2003
2004 13 1
2005 10 0
Jami 41 1

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fenerbahche

Turkiya

Turkiya U-23

  • Oʻrta yer dengizi oʻyinlarining ikkinchi oʻrin sohibi: 1997[7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. E. Škorić. „Bivši turski reprezentativac novi trener NK Čelik!“ (Bosnian). sportsport.ba (16-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2019-yil.
  2. „NK ČELIK - HŠK ZRINJSKI (0 : 1) 0 : 2“ (Bosnian). nfsbih.ba (23-fevral 2020-yil). 22-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-fevral 2020-yil.
  3. M. Šljivak. „Umit Ozat želi ponovo na klupu: Ima svoje zahtjeve...“ (Bosnian). sportsport.ba (9-iyul 2020-yil). Qaraldi: 13-iyul 2020-yil.
  4. Crouch, Terry. The World Cup - The Complete History. Great Britain: Aurum Press Ltd, 2002 — 548 bet. ISBN 1845131495. 
  5. „2002 FIFA World Cup Korea/Japan™“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
  6. „Korea Republic 2 – 3 Turkey“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
  7. „Mediterranean Games 1997 (Italy)“ (En). RSSSF (31-yanvar 2007-yil). 28-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2022-yil.