Çağlar Çorumlu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Çağlar Çorumlu
Tavalludi 1977-yil 4-dekabr
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1999-yildan hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Gaye Pişkin (turm. 2012)

Çağlar Çorumlu (1977-yil 4-dekabrda) – turk aktyori.

Çorumlu 1977-yilda Merzifon shaharchasida tugʻilgan. Uning ota-onasi oʻqituvchi boʻlgan. 1994-yilda Merzifon shaharchasidagi oʻrta maktabini tamomlab, Eskişehir shahriga koʻchib oʻtgan.2000-yilda Anadolu universitetining turizm va mehmonxona boshqaruvi fakultetini tamomlagan. Oʻqish davomida universitetining teatr klubiga aʼzo boʻladi. Oʻqishni tugatgandan soʻng 2000-yilda teatrdagi faoliyatini davom ettirish maqsadida Istanbulga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik sahnada va televidiniyadagi faoliyatini birgalikda olib boragan. Uning ilk sahnadagi birinchi roli Cabaret Taksimda boʻlgan. Keyin u „7 Numara“ sitcomida Yusuf Guduk rolida rolini ijro etgan.2007-yilda Istanbul shahar teatrchilar jamoasiga qoʻshildi va 2013-yilgacha ularda bilan birga ishlagan.2013-yilda oʻzining TiyatrOPS teatr kompaniyasiga asos solgan. Teatrdagi faoliyatidan tashqari turli filmlar va teleseriallarda suratga tushgan. 2010-yilda Çağan Irmakning Prensesin Uykusu filmidagi roli uchun maqtovlarga sazovor boʻlgan. Keyinchalik, 2012-yilda „Sharq stomatologi“ filmidagi roli uchun 16-Afife Jale Teatr mukofotlarida „Musiqiy yoki komediya janridagi eng yaxshi aktyor“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Arif V 216 mashhur komediya filmida qoʻshiqchi Zeki Müren rolini oʻynadi.Show TV da namoyish etilgan Güldür Güldür Shov teatrida aktyor boʻlib ishlagan. Gülse Birsel, Cem Yılmaz va Yılmaz Erdoğan kabi mashhur hazil mualliflarining loyihalarida rol ijro etgan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2012 yil – 16-Afife teatr mukofoti, „Musiqiy va komediya rolidagi eng yaxshi aktyor“ (Sharq stomatologi)
  • 2015 – 20-Sadri Alışık kino mukofoti, „Musiqiy yoki komediya rolidagi eng yaxshi yordamchi aktyor“ (Pek Yakında[1])
  • 2017-yil 44-Oltin kapalak mukofotlari, „Eng yaxshi komediya va romantik aktyor“ (Güldür Güldür Shov[2])

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]