Xazoyin ul-maoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Xazoyin ul-maoniy"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"XAZOYIN UL-MAONIY" ("Maʼnolar xazinasi") — Alisher Navoiyning asari. 1491—96 yillarda tartib berilgan. "X.ul M." — "Gʻaroyib ussigʻar" ("Yoshlik gʻaroyibotlari"), "Navodir ush-shabob" ["Yigitlik nodirlik (sheʼr)lari"], "Badoyeʼ ul-vasat" ("Oʻrta yosh badialari") va "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari") nomli devonlardan tarkib topgan mukammal yigʻma devon. Xalq orasida "Chor devon" deb ham yuritiladi. "X.ulM."ning tuzilish tarixini Alisher Navoiyning oʻzi "Xamsat ulmutahayyirin", "Munshaot", "Muhokamat ul-lugʻatayn", ayniqsa, "X.ulM."ga maxsus yozgan "Debocha"sida bayon etgan. Ushbu asarlarda yozilishicha, Abdurahmon Jomiy oʻz sheʼrlarini toʻplab (1491 — 92), 3 devon tuzgan va Navoiyga taqdim etgan. Navoiy bu devonlarning aralashib ketmasligi uchun ularga maxsus nomlar qoʻyishini maslahat bergan. Navoiy maslahati Jomiyga maʼqul tushgan va u devonlarini "Fotihat ushshabob" ("Yoshlikning boshlanishi"), "Vositat uliqd" ("Bogʻlanish vositalari"), "Xotimat ulhayot" ("Hayot xotimasi") kabi nomlar bilan atab, umumiy "Debocha" yozgan hamda bu fikrning Navoiydan chiqqanligini alohida taʼkidlagan. Shundan soʻng , Navoiy ham ustozi taklifi bilan barcha lirik sheʼrlarini toʻplab "X.ulM."ni tuzishga kirishgan. "X.ulM."ning yuzaga kelishi Jomiy va Navoiy doʻstligining , oʻzbek va tojik adabiyotlari oʻrtasidagi aloqalarning yorqin dalilidir.

"X.ulM." 45 ming miyeraga yaqin, 3130 dan ortiq lirik sheʼrlardan tuzilgan. Unga shoirning 7—8 yoshidan boshlab umrining oxiriga qadar yozgan oʻzbekcha sheʼrlari kiritilgan. "X.ulM." tarkibida qariyb 2600 gʻazal, 210 qitʼa, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo, 10 muxammas, 10 chiston, 13 tuyuq, 4 mustazod, 5 musaddas, 4 tarjiʼband, musamman, tarkibband, qasida, masnaviy, soqiynoma mavjud. Har bir janrdagi sheʼrlar qofiyasi yoki radifidagi tugallanuvchi harfga qarab maʼlum tartib asosida joylashtirilgan. "X.ulM." oʻz davridagi maʼnaviy hayotning oʻziga xos qomusi boʻlib, shoir oʻz sheʼrlarida hayotni, insonni, uning olijanob tuygu va intilishlarini uluglagan. "X.ulM." ni yaratish uchun shoir oʻzining butun umrini sarflagan va bu bilan gʻoyat faxrlanganini asarning "Debocha"sida quyidagicha yozadi:Sarf etdim anga umr bahorin dogʻi,Boʻstoni hayotu lolazorin dogʻi.

Oldida xazoni zar nisorin dogʻi,Kofur fishon qish bila qorin dogʻi.

Alisher Navoiy "X.ul M." bilan oʻzbek sheʼriyatining janr va mavzu doirasini yanada boyitdi. Oʻzbek sheʼriyatida biron ijodkor bunday mukammal devon tuzish darajasiga koʻtarila olmagan. Shoirning bu devoni qoʻlyozma nusxalarda tuda va qisqartirilgan holda bir qancha mamlakatlarda qaytaqayta koʻchirilgan va kup bor nashr etil gan.

Nashri: Xazoyin ulmaoniy, 1—4j., T., 195960;== Adabiyot ==

  • Hayitmetov A., Navoiy lirikasi, T., 1961.