Buxoro vino zavodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Buxoro vino zavodi, "Shohrud" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiningvino zavodi — vinoaraq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasi. "O‘zmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi tarkibiga kiradi. Buxoro shahrida joylashgan. 1941 yilda Buxoro vino zavodi nomi bilan tashkil etilgan. 1994 yildan "Shohrud" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Asosan kuchsiz ("Bayan shirey", "Bihishti", "Oq jilvon", "Kizil jilvon"), kupli ("Shohrud") va desert ("Jondor", "Amiri", "Kagor") uzum vinolari, araq ("Shoxrud"), balzam ("Shifobaxsh") brendi, konyak ("Buxoro") va uzum sharbatlari ishlab chiqaradi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan olingan zamonaviy texnologik jihozlar o‘rnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Buxoro vino zavodi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil