Buxoro vino zavodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buxoro vino zavodi, „Shohrud“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiningvino zavodi — vinoaraq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasi. „Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding“ kompaniyasi tarkibiga kiradi. Buxoro shahrida joylashgan. 1941-yilda Buxoro vino zavodi nomi bilan tashkil etilgan. 1994-yildan „Shohrud“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Asosan kuchsiz („Bayan shirey“, „Bihishti“, „Oq jilvon“, „Kizil jilvon“), kupli („Shohrud“) va desert („Jondor“, „Amiri“, „Kagor“) uzum vinolari, araq („Shoxrud“), balzam („Shifobaxsh“) brendi, konyak („Buxoro“) va uzum sharbatlari ishlab chiqaradi. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan olingan zamonaviy texnologik jihozlar oʻrnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Buxoro vino zavodi" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil