Saodat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Saodat"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"SAODAT" — Oʻzbekiston xotinqizlarining ommabop, ijtimoiy-siyosiy, badiiy-bezakli jur. Toshkent shahrida 1 yilda 8 marta nashr qilinadi. Dastlab "Yangi yoʻl" (1925—34), "Yorqin turmush" (1936— 50), "Oʻzbekiston xotin-qizlari" (1950—65) nomlari bilan chop etilgan. Muayyan sabablar va urush tufayli jur. 1934 y. apreldan 1936 y. iyulgacha, 1941 y. iyuldan 1950 y. okt.gacha nashr etilmagan. 1966 yildan xoz. nomda. Jur.ga turli yillarda Oʻzbekistonning tanikli adibalari — jamoat arboblari muharrirlik qilgan: Tojixon Shodiyeva (1927—29), Sobira Xoldorova (1930–31), Xosiyat Tillaxonova (1931—34), Saodat Shamsiyeva (1936—37), Fotima Niyozova (1937—38), Iqbol Akbarxujayeva (1939—41), Oydin (M. Sobirova, 1951–53), Zulfiya (1953–85) va Halima Xudoyberdiyeva (1985—94).

Utgan barcha davrlarda jur. oʻzbek ayolining oilada nazokatli, sevimli, farzandlariga mexribon boʻlishi, turmush mashaqqatlarini yengib oʻtib, jamiyatda ham oʻz urnini topishiga kumakdosh bulib kelgan; juda kup yosh shoira, adibalarning ijodkor sifatida shakllanishi uchun maktab vazifasini oʻtagan. X. Ahrorova, S. Mahmudova, R. Shomansurova, H. Xudoyberdiyeva, O. Hojiyeva, Sh. Salimova, R. Rahmonova, M. Ulugʻova, Q. Rahimboyeva, D. Saidova, X. Bobomurodova va boshqa ijodkorlar "S." maktabining turli davrlardagi talabalari boʻlib, bugun Oʻzbekistonda tanikli ijodkorlar sifatida faoliyat kursatib, "S." tajribalarini targʻib qilmoqdalar.

Respublika mustaqilligi yillarida "S." ayol qalbining minbari, milliy qadriyatlarning targʻibotchisi, xotinqizlarni keng ijtimoiy faoliyatga chorlovchi ommabop jur. sifatida tiklanayotgan millat ayollarining oʻzini ozod inson sifatida qayta kashf etishi, imkoniyatlarini namoyon qilishiga ruhiy madadkor vazifasini bajarmoqda. Unda oʻzbek ayollarining turmush tarzi, uy tutishi, salomatligi, bola tarbiyasi, madaniymaishiy ehtiyojlari va boshqa masalalar yoritilishi bilan birga oʻzbek madaniy merosi va milliy qadriyatlaridan, jahon adabiyotidan, yosh ijodkor qizlarning asarlaridan namunalar, dunyoning mashhur xotinqizlari hayotidan qiziqarli lavhalar berib boriladi. 1999 yildan "S." jur.ga ilova sifatida "Gulchehralar" gaz. nashr etilmoqda. Oyiga 1 marta — yiliga 12 marta chop qilinadigan bu gaz. koʻproq yoshlar mavzuini yoritadi.

Adadi 40000 (2003). Muharriri — Oydin Hojiyeva (1994 yildan).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil