Kontent qismiga oʻtish

Suvchechak: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k test, replaced: S. → {{subst:FULLPAGENAME}} (4), vakt → vaqt, t-rasi → temperaturasi using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 11: Qator 11:
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->


https://med360.uz/kasalliklar/suvchechak/

{{stub}}
{{stub}}

15-Aprel 2019, 07:13 dagi koʻrinishi

Suvchechak — oʻtkir yuqumli kasallik; temperatura koʻtarilishi, teri hamda shilliq qavatlarga serozli pufakchalar toshishi bilan kechadi. Filtrlanuvchi viruslar qoʻzgʻatadi. Koʻpincha 10 yoshgacha boʻlgan bolalarda uchraydi. Viruslar bemor yoʻtalganda, gapirganda, aksa urganda havo orqali sogʻ odamga oʻtadi. Suvchechak 6n ogʻrigan bola takror ogʻrimasligi mumkin. Inkubatsion davri 10—21 kun (koʻpincha 14 kun). Dastlab bolaning darmoni quriydi, temperaturasi 39—39,5° gacha koʻtariladi, yuziga, tanasining turli qismlariga toshma toshib, keyinchalik pufakchalarga aylanadi. Pufakchalar tiniq suyuklikka toʻla boʻlib, atrofi qizarib turadi. Ular aksari boshning sochli qismi, yuz, badan va oyoqqoʻlga tarqaladi. Keyinchalik pufakchalar yorilib oʻrnida poʻst hosil boʻladi, 1—3 haftadan keyin poʻstlar tushib ketadi, oʻrnida chandiq qolmaydi.

Suvchechak toshmasi badanning hamma qismiga bir vaqtda emas, balki 1—2 kun oralatib toshadi. Baʼzan ular ogʻiz, tomoq, burunhalqum shilliq pardasiga ham toshishi mumkin. Har gal toshma toshishi oldidan bemor isitmalaydi, toshmalar qurib bitgach, harorat normallashadi.

S asoratlari kam kuzatiladi. Suvchechak toshmalari koʻz muguz pardasida boʻlsa, keratit, tomoqda boʻlsa, laringit, zaifroq bolalarda — asbsess, zotiljam, limfadenit, otit, saramas, flegmona paydo boʻlishi mumkin.

Bemor koʻpincha uyda vrach nazoratida davolanadi. Bola qashinib, terisini tirnab yubormasligi uchun tirnogʻini olib turish, qoʻlini doim tozalab yuvib qoʻyish zarur. Toshmalarga kaliy permanganat eritmasi yoki brilliant koʻki surtiladi; ogʻzini dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan chayib turish tavsiya etiladi. Suvchechak juda yuqumli, shuning uchun bemor bolani alohidalab qoʻyish lozim.




https://med360.uz/kasalliklar/suvchechak/