Zulxumor Mirzayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zulxumor Mirzayeva
Tavalludi 3-may 1976-yil (1976-05-03) (47 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston milliy universiteti
Kasbi Adabiyotshunos
Millati Oʻzbek
Unvoni Filologiya fanlari doktori, professor

Zulxumor Mirzayeva — adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori (2017), professor (2023). Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori[1]. 6-7-10-sinflar uchun ishlab chiqilgan "Adabiyot" darsligi hammuallifi (Komil Djalilov) hisoblanadi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1976-yil 3-mayda Farg'ona viloyati Beshariq tumanida tugʻilgan. [2] Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) oʻzbek filologiyasi fakultetini bitirgan. 2005-2015-yillarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Til va adabiyot (hozirda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori) ilmiy tekshirish institutida doktorant va katta ilmiy xodim, 2016-2019-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1993-yilda tumandagi 34-o‘rta maktabni imtiyozli tamomlab, 1994-yili O‘zbekiston Milliy Universiteti (oldingi ToshDU) ning “O‘zbek filologiyasi” fakultetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. 1999-yili universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlab, adabiyotshunos Laziz Qayumov rahbarligida magistrlik diplomini ingliz va o‘zbek tillarida himoya qilgan.
  • „1999-yili ToshDU o‘zbek filologiyasi fakulteti kunduzgi bo‘limi aspiranturasiga tavsiya qilingan.
  • 2007-yilda Baxtiyor Nazarov rahbarligida “O‘zbek jadid adabiyotining Amerikada o‘rganilishi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini”, 2017-yilda “XX asr o‘zbek adabiyotining Amerikada o‘rganilishi” mavzuida doktorlik disseratsiyasini himoya qilgan. [3]

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mirzayeva Z. XX asr o’zbek adabiyotining Amerikada o‘rganilishi (Studying 20th Century Uzbek Literature in America), 2nd book, Tashkent: Akademnashr, 2016. 236 pp. (In Uzbek)
  • Mirzayeva Z. XX asr o‘zbek adabiyotining xorijiy tadqiqotchilari (Foreign Researchers of XX Century Uzbek Literature), Tashkent: Mumtoz so‘z, 2016. 136 pp. (In Uzbek)
  • Mirzayeva Z., Jalilov K. English: Key to Success, Volumes 1-2. Toshkent: Turon zamin ziyo,
  • Mirzayeva Z. XX asr o‘zbek adabiyotining Amerikada o‘rganilishi. 1st book (Studying 20th Century Uzbek Liter- ature in America), Tashkent: Fan, 2011. 253 pp. (In Uzbek)
  • Mirzayeva Z. Dengiz-u ummon osha. Adabiy-tanqidiy maqolalar (Through the River and Wages: Literary-critical Aarticles), Tashkent: Adib, 2010. 102 pp. (In Uzbek)
  • Mirzayeva Z. Oppoq tun (White Night), Collection of poems, Fergana: Fergana publication, 1998. 30 рр. (In Uzbek)
  • Mirzayeva Z. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi. An’anaviylikdan zamonaviylikka. (hammuallif). Toshkent, “Fan ziyosi”, 2020.
  • Mirzayeva Z. Adabiyot. Respublika ijod maktablarining 11 sinf uchun darslik (hammuallif). Toshkent, “O’qituvchi”, 2021. [4]

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • “Eng yosh olima” Respublika tanlovi g’olibi (2011)
  • “Mening birinchi kitobcham“ Respublika ko‘rik tanlovi g’olibi (2010)
  • “Eng yaxshi publistist” talabalar va yosh ijodkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika tanlovi g’olibi (1997)
  • Ulug’bek davlat stipendiyasi g’olibi (1994-1996)
  • “Vatan sajdagoh kabu muqaddasdur” nomli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika ko ‘rik tanlovi g’olibi (1993-1995)
  • “Ilk she’riy kitobim” nomli yosh ijodkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika ko‘rik tanlovi g’olibi (1991)
  • 50 dan ortiq mahalliy va xalqaro sertifikatlar sovrindori

Xalqaro loyihalar va dasturlardagi ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2009- Hindistonning ITEC (Indian Technical Economic Cooperation) dasturi g’olibi. Dehli, Javaharlar Neru Universiteti
  • 2010- Amerikaning IREX (International Research Exchanges Program) dasturi g’olibi. Bloomington, Indiana Universiteti
  • 2012- Germaniyaning DAAD dasturi g’olibi. Berlin. Gumbol’d Universiteti
  • Fransiyaning FMSH dasturi g’olibi. Fransiya O‘rta Osiyo tadqiqotlari ilmiy-tekshrish instituti, Parij
  • 2013-2018– “Shamolni tutib bo’lmaydi” zamonaviy o’zbek hikoyalarining ingliz tiliga tarjimalari. Kastol Korolina universiteti professori Anna Oldfild bilan hamkorlikda , Murrells Inlet, Janubiy Karolina, Amerika Qo’shma Shtatlari
  • 2021-2023- Evropaning ERASMUS dasturi tomonidan tasdiqlangan, Vengriyaning Etvos universiteti bilan hamkorlikda “Alisher Navoiy asarlarining xorijda o’rganilishi va tadqiq qilinishi” xalqaro loyihaning O’zbekistondagi ilmiy kordinatori (rahbari), Vengriya, Eotvos University
  • 2020-2021- Respublika xalq ta’limi vazirligining UNISIF bilan hamkorlikdagi “Milliy dasturlarni yaratish” loyihasi muallifi. Amerika- O‘zbekiston
  • 2021-Amerikaning FEP (Faculty Enrichment Program) xalqaro ta’lim dasturi g’olibi. Arkansas University, Fayetteville, AQSH [5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „MIRZAYEVA ZULXUMOR INOMOVNA“. Qaraldi: 2023-yil 3-noyabr.
  2. „Zulhumor Mirzayeva kitoblari“. Qaraldi: 2024-yil 14-fevral.
  3. „Professor o'qituvchilar“. Qaraldi: 2023-yil 7-iyul.
  4. „Zulkhumor Mirzaeva“. Qaraldi: 2024-yil 14-fevral.
  5. „Zulxumor Mirzayeva. Haqli e’tiroflar“. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.