Marupov Zubaydullo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zubaydullo Ma’rupovdan yoʻnaltirildi)
Marupov Zubaydullo
Tavalludi 1914
Samarqand, Rossiya imperiyasi
Vafoti 6-noyabr, 1964-yil
Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1939-1946
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari "Shuhrat" ordeni

Marupov Zubaydullo(1914-yil, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi – 1964-yil 6-noyabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 3 karra Shuhrat ordeni sohibi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marupov Zubaydullo 1914-yil Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida dehqon oilasida tugʻilgan. U 1943-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻldi. Samarqandda oʻrta taʼlimni olgach, kolxozda ishladi. 1939-yil Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga qabul qilingan. 1941-yildan esa Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. Ikkinchi jahon urushidagi Stalingrad jangida, Ukrainaning sharqiy qismidagi janglarida jasorat koʻrsatgan. Marupov Zubaydullo 1943-yil 26-oktyabrda Markaziy frontning 65-armiyasida ekipaj komandiri etib tayinlandi. U birinchilardan boʻlib, Dneprning shimoliy qismidan kesib oʻtib, dushman tomonga zarba berdi. Shu zahoti, dushman tomondan Zubaydullo Marupovning koʻkragiga qarab oʻq uzildi va xushini yoʻqotdi. Zubaydulloning 2 nafar safdoshi birinchi yordamni koʻrsatib uning hayotini saqlab qolishdi.

SSSR Oliy Kengashining 1943-yil 5-dekabrdagi qarori bilan oddiy askar Marupov Zubaydulloning Dnepr daryosidan oʻtib, dushman qoʻshiniga bergan zarbasi va koʻrsatgan jasorati uchun „3-darajali Jasorat“ ordeni bilan taqdirlangan.

Marupov Zubaydullo davolanib chiqqanidan soʻng, yana frontga qaytdi. U 1944-yil 7-avgust kuni Annopol shaharchasi yaqinidagi jangda qatnashadi. Jang mobaynida 20 nafar dushman askarlarini yoʻq qildi.

SSSR Oliy Kengashining 1944-yil 21-noyabrdagi qarori bilan Zubaydullo Marupov „2-darajali Shon-sharaf“ ordeni bilan mukofotlangan.

1946-yil serjant Marupov Zubaydullo oʻzi tugʻilgan Samarqandga demobilizatsiya qilindi. 1964-yil 6-noyabrda vafot etadi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Марупов Зубайдулло“. MinOboroni Rossiya. Qaraldi: 11-sentabr 2023-yil.
  2. „Марупов Зубайдулло - Годы: [1914 - 06.11.1964“]. Sibirskaya Federalnaya institut. Qaraldi: 11-sentabr 2023-yil.