Zomin aeroporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zomin aeroporti
IATA kodi: TMJICAO kodi: UTST
Qisqacha bayon
Aeroport turi yo'lovchi tashish
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Operator Oʻzbekiston havo yoʻllari
Xizmat doirasi Zomin
Joylashuvi Zomin, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston
Dengiz sathidan balandligi 5 774,27 ft / 1 760 m
Koordinatalari 37°17′12″N 067°18′36″E / 37.28667°N 67.31000°E / 37.28667; 67.31000 G O
Xarita
TMJ (Oʻzbekiston)
TMJ
Oʻzbekiston xaritasida
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
07/25 1,200 3,937 asfalt
Manba:[1]

Zomin aeroporti (IATA: TMJICAO: UTST) — Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi aeroport. Aeroport 2023-yilning 1-sentabr kuni ochilgan[2]. Aeroportning umumiy maydoni 60 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 200 dan ortiq xodim ishlaydi. „Tres 001“ qurilish tashkiloti tomonidan aeroport bunyod etilgan boʻlib[3], uning terminali 30 yoʻlovchiga xizmat qilish uchun moʻljalangan[4]. Aeroport majmuasi uzunligi 1,2 kilometr boʻlgan asfalt uchish-qoʻnish yoʻlagi, ikkita samolyot saqlash uchun maxsus joy, kuzatuv minorasi va toʻgʻridan-toʻgʻri aeroport binosi bilan jihozlangan boʻlib, u yerda yerusti xizmatlari (umumiy ovqatlanish, transport, suvenirlar, restoranlar, kafelar) joylashgan boʻlib, katta zal yoʻlovchilarga parvozlarni bemalol kutish imkoniyatini beradi[5]. Ilik parvozni Zomin aeroportida LET L-410 samolyoti boshlab berdi. Chexiyada ishlab chiqarilgan LET L-410 samolyoti 19 nafar yoʻlovchini tashish quvvatiga ega. 1-sentyabr kuni u Toshkent mahalliy aeroportidan uchgan LET L-410 samolyoti Zominga ilk reysini amalga oshirdi. Parvoz vaqti 35 daqiqani tashkil etdi[6]. Oʻsha kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli Pilatus PC-24 biznes-jeti samolyoti ham Yangi Zomin aeroportiga uchib keldi. 1-sentyabr kungi ochilish marosimida, viloyat, tuman, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi rahbarlari, shuningdek, tuman jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi. Zomin aeroprtining ochilish marosimida viloyat hokimi Ergash Saliyev qatnashdi va tantanaliy marosimni ochib berdi[7]. Viloyat hokimi Ergash Saliyev ochilish marosimda soʻzga chiqdi va quydagilarni takidladi:

“Prezidentimiz tashabbusi bidan amalga oshayotgan ushbu loyihaning amalga oshirilishi Zomin aholisi daromadining ko‘payishiga va yoshlar bandligini ta’minlashga xizmat qiladi. Zero loyiha ortidan mahalliy aholi ishlab, daromad topadigan ko‘plab infratuzilmalar, jumladan, umumiy ovqatlanish, transport, suvenirlar, restoranlar, kafelar va boshqa xizmat ko‘rsatish turlari rivojlantiriladi”

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Aeroport haqida TMJ Great Circle Mapper'da.
  2. „Zomin shahri aeroportining tantanali ochilishi“. uzairways.com. Uzbekiston Airways. Qaraldi: 7-aprel 2024-yil.
  3. „Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi“. zomin.jizzax.uz. Зомин тумани ҳокимлиги расмий веб сайти. Qaraldi: 13-may 2024-yil.
  4. „Jizzaxda Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi“. kun.uz. “WEB EXPERT” MCHJ. Qaraldi: 7-aprel 2024-yil.
  5. „Zominda aeroport ochildi“. gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 7-aprel 2024-yil.
  6. „Жиззахда Зомин аэропорти авиапарвозларни қабул қилишни бошлади“. YouTube. O'zMTRK O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi. Qaraldi: 13-may 2024-yil.
  7. „Zominda aeroport ochildi“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 13-may 2024-yil.