Zohid Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zohid Abdullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zohid Abdullayev
Tavallud sanasi 25-may 1984-yil (1984-05-25) (39 yosh)
Tavallud joyi Bekobod Oʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 182 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlgan
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2007 Metallurg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2012 Metallurg 125 (41)
2013 Nasaf 23 (5)
2014 Neftchi 4 (0)
2014—2022 Metallurg 167 (49)
Total 319 (95)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Zohid Abdullayev (1984-yil 25-mayda tugʻilgam, millati oʻzbek) Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida toʻp surgan. Bekobodning „Metallurg“ klubining eng yorqin yulduzlaridan biri hisoblanadi. Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi.[1]

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zohid Bekobod futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kattalar jamoasidagi faoliyatini ancha kech 23 yoshida boshlagan.[1] 2007-yil „Metallurg“ jamoasidagi tajribali mutaxasislar, Vagif Rustamov va Yakov Karpovlar uni asosiy jamoaga oldilar. Bekobod kluboda dastlabki mavsumida asosan zaxiradan maydongga tushgan boʻlsada, 21 oʻyinda 7 gol muallifiga aylanib jamoaning toʻpurarlaridan biriga aylandi.[1] Keyinggi mavsumlarda asosiy takib aʼzosiga aylangan hujumchi, eng koʻp ishtirok etgan va doimiy eng koʻp gol urgan futbolchi sifatida qoldi. Uning yorqin oʻyinlari oliy liganing bir qator klublari qiziqishiga ham sabab boʻlgan edi.

2013-yilgi mavsumda Bekobod klubidagi 6 yillik faoliyatidan soʻng Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Bir mavsum davomida ajdarlar safida top surgan xolda oʻrta darajadagi oʻyin namoyish etdi. 2014-yilgi mavsum oldidan Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzoladi[2] ammo mavsum startida juda kam oʻyin amoliyatiga ega boʻlganligi sabali jamoani tark etdi[3] va yozgi transfer oynasi vaqtida sobiq klubi „Metallurg“ jamoasi tarkibiga oʻtdi[4].

Keyinggi yillarda Zogid yana avvalgi darajasiga qaytib oʻz muxlislarini quvontirgan. 2016-yilgi mavsumda Oliy liga baxslarida 18 ta gol bilan toʻpurarlar roʻyxatida Temurxoʻja Abduxoliqovdan soʻng ikkinchi boʻldi[5]. Yillar davomida gollari sonini oshirib borishi natijasida,[6] 2019-yil „Gennadiy Krasnitskiy“ nomli Oʻzbekistondagi ramziy toʻpurarlar klubiga kirdi.[7][8] 2022-yilgi mavsumda faoliyatini yakunlashini elon qildi[9]. Bugungi kunda „Metallurg“ tarkibida Oliy liga baxslarida eng koʻp uchrashuv oʻtkazgan va eng koʻp gol urgan futbolchi sanaladi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „"Геннадий Красницкий клуби" аъзоси, Бекобод фахри Зоҳид Абдуллаев фаолиятини якунламоқда“. 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  2. „Зоҳид Абдуллаев "Нефтчи"да“. 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  3. „Зоҳид Абдуллаев "Нефтчи"дан кетди“. 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  4. „Зоҳид Абдуллаев ва Маъруф Муродов “Металлург” сафида кўрикдан ўтишмоқда“. 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  5. „Олий лига-2016. Темурхўжа Абдухолиқов - чемпионат тўпурари!“. 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  6. „Охирги икки йилда олий лигада 20та гол урган футболчилар“. 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  7. „Зоҳид Абдуллаев "Геннадий Красницкий клуби" аъзосига айланиши мумкин“. 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  8. „Зоҳид Абдуллаев - "Геннадий Красницкий клуби" аъзосига айланди“. 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  9. „Зоҳид Абдуллаевнинг хайрлашув учрашуви ўтказилди“. 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]