Zamin dargʻasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zamin dargʻasi
Muallif(lar) Sergey Yesenin
Tarjimon(lar) Erkin Vohidov
Til ruscha
Janr(lar)i sheʼrlar va dostonlar
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1971
Sahifalar soni 184

„Zamin dargʻasi“rus shoiri Sergey Yesenin qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1971-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida 35 ming nusxada chop etilgan. Sheʼrlarni rus tilidan oʻzbek tiliga Erkin Vohidov tarjima qilgan. Toʻplamga „Zamin dargʻasi“, „Singlimga xat“, „Hayot yoʻlim“, „Xotira“, „Oʻttiz oltilar dostoni“ kabi oʻzbek tiliga ilk bor oʻgirilgan sheʼrlar ham kiritilgan.

Toʻplamga oʻzbek tilida soʻzlashuvchi kitobxonlar orasida keng tanilgan „Fors taronalari“ sheʼrlar turkumi kiritilgan[manba kerak]. Bundan tashqari, asarga „Yigirma oltilar balladasi“, „Ulugʻ jang qissasi“, „Oʻttiz oltilar dostoni“ hamda „Anna Snegina“ doston va balladalari jamlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]