Zamcha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zamcha — qovunning ertapishar navi. Xalq seleksiyasida yaratilgan. Z.ning sariq va ola turlari bor. Sariq ertapishar nav. Zamcha qovun navi. Shakli sal yassi, xar xil kattalikda. Eng kattasining diametri 15—18 sm. Ogʻirligi 0,8—2 kg . Sirti sal tilim-tilim, dum va uch tomoni toʻr bilan qoplangan. Tilimlarni ajratadigan yoʻllari mavjud. Poʻsti yumshoq, eti qalin (4—4,5 sm), xushboʻy, tigʻiz, oʻrtacha shirin, rangi oq yoki och yashil. Tarkibida 6—7,5% qand, 4—6% saharoza, 8,5—10% quruq modda bor. Urugʻi yirik, uzunchoq, oq. Urugʻidan unib chiqqandan keyin hosili 65—70 kunda pishadi. Asosan, Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonda ekiladi. Uzoq joylarga yuborishga chidamaydi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil