Yuzlashtirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yuzlashtirish — tergov harakati; bunda ilgari soʻroq qilingan ikki shaxs, basharti ularning aynan bir xil fakt va holatlarga nisbatan bergan koʻrsatuvlarida jiddiy qaramaqarshiliklar boʻlsa, bir vaqtning oʻzida bir-birining ishtirokida koʻrsatuvlar beradi. Yu.da gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh soʻroq qilinishi mumkin. Yu. uchun asoslar, uni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining JPKda koʻrsatib oʻtilgan (122— 124-moddalar).